Britaniya Kengaşi, Buyuk Britaniyaning madaniy aloqalar va ta’lim imkoniyatlari böyiça xalqaro taşkiloti Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda ingliz tilini baholaş mavzusida konferensiya taşkil etildi. Tadbir Özbekiston davlat jahon tillari universitetida ötkazildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb e’lon qilingan 2023 yilda «New Directions Series» ingliz tilini biliş darajasini baholaş borasida Özbekistonda ötkazilgan konferensiya çet tilini biliş darajasini baholaş maktab va oliy öquv yurtlarida ta’lim sifati va islohotlariga qanday ta’sir körsatişi kabi mavzularni muhokama qiliş maydoniga aylandi.
Uşbu tadbirda soha bölimlari vakillari, tilşunoslar, ta’lim muassasalari rahbarlari va ilmiy xodimlardan iborat 250 nafar ekspert iştirok etdi. Anjumanda Özbekistonda va xalqaro miqyosda ingliz tilini baholaş, tendensiyalari, yondaşuvlar nuqtai nazari va tuşunçalari taqdim etildi.

Denis Voddingem, Britaniya Kengaşining Özbekistondagi direktori:
«Biz mahalliy, mintaqaviy va xalqaro siyosatçilarni, öqituvçilarni, olimlarni va baholaş böyiça mutaxassislarni Toşkentdagi «New Directions Series» konferensiyasiga iştirok etiş uçun kelganlaridan mamnunmiz. Bu yerda biz özaro tarmoq örnatiş, almaşiş va şu yönalişda ilğor işlanmalar bilan bölişiş uçun dinamik maydonni taqdim etamiz.
«New Directions Series» - til sinovi va baholaş böyiça Britaniya Kengaşining flagmani, şuningdek, «Til ta’limi islohotiga kompleks yondaşuv», «Potensialni röyobga çiqariş: siyosat, özaro aloqalar va ta’sir», «21-asrda iş, öqiş va şaxsiy ehtiyojlar uçun ingliz tili» va «Ingliz tilini amaliyot va sifatni baholaş mahsulotlari orqali öqitiş sifatini ta’minlaş» mavzulari doirasida ötkaziladigan konferensiya hisoblanadi. Biz ta’lim tizimlarida ingliz tilini baholaş sohasidagi ilğor işlanmalar va tajriba almaşiş uçun noyob platforma yaratişni maqsad qilgan edik».

Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ta’lim muassasalari faoliyatini tahlil qiliş boşqarmasi boşliği Şerzod Ne’matov:
«Ayni paytda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan oliy öquv yurtlari professor-öqituvçilari va talabalarining ingliz tilini biliş darajasini oşiriş maqsadida oliy ta’lim sohasida qator islohotlar amalga oşirilmoqda. Bu masala davlat siyosatining eng ustuvor vazifalaridan biri darajasiga kötarildi. Mamlakatimizda ilm-fan va ta’limni yanada rivojlantirişga salmoqli hissa qöşayotgan xalqaro ta’lim taşkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlaş biz uçun muhim.












