
Sessiyada 2022 yilning dekabr oyidan Surxondaryo viloyatining hokimi vazifasini bajaruvçi bölib işlab kelgan Uluğbek Qosimov viloyat hokimi lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Uluğbek Qosimov 1983 yilda tuğilgan, ma’lumoti oliy, huquqşunos. 2005 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 2005 yilda Denov tuman prokuraturasida boşlab, Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011 yildan Boş prokuratura boşqarma prokurori, Qumqörğon tuman prokurori, Surxondaryo viloyati Muzrabot va Denov tumanlarida hokim bölib işlagan.
U 2018 yilning noyabridan Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat körsatgan, 2019 yil sentabrida Farğona viloyatiga prokuror bölgandi.

Uluğbek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangunga qadar Toşkent şahar prokurori lavozimida işlab kelgan.










