Moldova hozirça «töğridan töğri bilan harbiy xavf»ga duç kelmayapti, biroq Rossiya boşlagan «gibrid uruş» obekti hisoblanadi. Bu haqda 13 mart, duşanba kuni AFP agentligiga bergan intervyusida Moldova mudofaa vaziri Anatoliy Nosatiy ma’lum qildi.
«Moldovaga hozirça töğridan töğri harbiy tahdid yöq, biroq mamlakat xavfsizligiga ta’sir etuvçi boşqa tahdid turlari ham bor – gibrid uruş», — dedi Nosatiy. «Rossiya dezinformatsiya, jamiyatimizda keskinlikni keltirib çiqariş orqali siyosiy tartibni özgartirişga, davlat hokimiyatini beqarorlaştirişga va ağdarişga harakat qilmoqda», deb tuşuntirdi Moldova Mudofaa vazirligi rahbari. Uning sözlariga köra, «hozirgi eng katta muammo Rossiya vaziyatni beqarorlaştiriş uçun foydalanmoqçi bölgan bir qator provokatsiyalardir».
Bir kun avval Moldova politsiya boş komissarligi rahbari Viorel Çerneutsanu Rossiya maxsus xizmatlarini muxolifat namoyişlari paytida beqarorlaştiriş harakatlariga tayyorgarlik körganlikda aybladi. «Politsiyaga Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan Moldovadagi vaziyatni beqarorlaştiriş böyiça muxolifat namoyişlari çoğida, şu jumladan bugun ham rejalaştirilgan harakatlarga tayyorgarlik körilgani haqida tezkor ma’lumotlar kelib tuşdi», — dedi Çerneutsanu. Şu kuni Kişinyovda «Şor» partiyasi tomonidan hukumatga qarşi namoyiş bölib ötdi.












