«Sönggi yillarda insoniyat qator global muammo va ofatlar bilan röbaro‘ kelmoqda. Ulardan biri bundan uç yil oldin e’lon qilingan va hanuz asoratlari sezilib turgan koronavirus pandemiyasidir.

Odamlar hayoti, dunyo iqtisodiyoti va tibbiyotiga misli körilmagan talafot yetkazgan COVID-19 virusi koinotni zabt etayotgan bani başarning faqatgina mikroskop orqali köriş mumkin bölgan zarra qoşida ojiz ekanini yana bir bor eslatib qöydi.

Şu bilan birga, yillar davomida yiğilib borgan qator ijtimoiy, tibbiy, ekologik muammolar Yer şari aholisining qarşisida birlaşib böy körsatdi. Xitoyning Uhan şahridan boşlangan «körşapalak parvozi» qisqa davrda butun sayyorani qamrab oldi. Global dunyoning bir bölagi sifatida Özbekiston ham bu ofatdan çetda qolmadi», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi

Ilk bemor

2020 yil 15 mart.

Roppa-rosa uç yil muqaddam ayni şu kuni Respublika virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti laboratoriyasida Özbekistonda koronavirus bilan zararlangan ilk bemor aniqlandi.

Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasi boş şifokori, tibbiyot fanlari doktori Muhayyo Asilova öşa kunlarni şunday eslaydi:

Muhayyo Asilova

«15 mart kuni soat uçda menga qönğiroq qilişdi, fuqarolardan birida COVID-19 aniqlandi, deb. Şundan söng ertalab soat oltigaça uxlolmadim, «endi nima böladi, nima qilamiz», degan savollar tinçlik bermagan. Ertalab, soat oltida uydan çiqib ketayotganimda bolalarim uxlayotgandi, dam oliş kuni edi. Xayolimga ham kelmaganki, şu ketgança işxonada beş yarim oy qolib ketaman, deb. 2020 yil aprelida nabiralarimdan biri 9 yoşga kirdi, bora olmadim. Nega işga kelayotgan kunim töyib bağrimga bosmadim, erkalamadim, deb afsuslanganman. Işxonamiz qattiq qöriqlanardi, taşqaridan heç kim kiritilmasdi, 5 metr naridan yaqinlarimni köraman, qöl silkiyman, aniq köra olmayman, faqat telefonda gaplaşamiz.