Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning taklifiga binoan Turkiy davlatlar taşkilotining favqulodda sammitida iştirok etiş uçun 15-16 mart kunlari amaliy taşrif bilan Anqara şahrida böladi.
Navbatdan taşqari sammitning kun tartibiga muvofiq, favqulodda vaziyatlarni boşqariş va gumanitar yordam körsatiş borasida köp tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, tabiiy ofatlarning oldini oliş va oqibatlarini bartaraf etiş böyiça sa’y-harakatlarni muvofiqlaştiriş istiqbollari körib çiqiladi.
Bundan taşqari, sammit davomida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşiladi.
Taşrif davomida sammit doirasida qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazilişi közda tutilgan.
Ta’kidlaş kerakki, joriy yilda Turkiy davlatlar taşkilotiga Özbekiston Respublikasi raislik qilmoqda. Samarqand sammitida erişilgan kelişuvlarga muvofiq, savdo, «yaşil» iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, transport, logistika, fan, ta’lim va madaniy-gumanitar almaşinuv sohalarida özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirişga qaratilgan 30 dan ortiq köp tomonlama tadbir amalga oşirilmoqda.














