Liviyada ikki yarim tonna uran ğoyib böldi – yadroviy material Liviya rasmiylariga köra, u bölişi kerak bölgan joyda topilmadi, deb ma’lum qildi 15 mart, çorşanba kuni keçqurun ştab-kvartirasi Vena şahrida joylaşgan Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA).
AEXA ijroçi direktori Rafael Grossining sözlariga köra, «sariq kek» deb ataladigan önta konteyner yöqolgani bir kun avval Liviyada ötkazilgan tekşiruv çoğida aniqlangan, gap aynan qayer haqida ketayotgani oçiqlanmagan. Grossi barça a’zo mamlakatlarga voqea haqida yozma xabar yubordi. AEXA «yöqolgan yadroviy materialning holatini va uning hozirgi joylaşuvini aniqlaş» uçun qöşimça tekşiruvlar ötkaziş niyatida.
«Sariq kek» - sariq kukun şaklidagi uran tuzlarining çökmasi bölib, uran qazib oliş usullaridan biri natijasida olinadi. Qayta işlangan şaklda u atom elektr stansiyalari uçun yoqilğiga aylanişi va agar boyitilgan bölsa, yadro qurolini yaratiş uçun işlatilişi mumkin.
Muammar Qaddofiy hukmronligi davrida Liviya birmunça vaqt özining yadro qurolini işlab çiqiş dasturiga ega edi, ammo 2003 yilda undan voz keçdi, deb eslaydi AFP agentligi. 1969 yildan beri hokimiyatda bölgan Qaddofiy 2011 yilda hokimiyatdan ağdarilgan va qoçişga uringan paytda isyonçilar tomonidan öldirilgan. Öşandan beri Liviya fuqarolik uruşi holatida.












