Qirğiziston Madaniyat, axborot, sport va yoşlar siyosati vazirligi davlatga tegişli barça mintaqaviy gazetalarini tugatiş töğrisida farmon tayyorladi. 

Agentlik tegişli hujjatni 11 aprelga qadar davom etadigan jamoatçilik muhokamasiga qöydi. 

Qayd qilinişiça, bugungi kunda barça viloyat gazetalarida 228 nafar xodim mehnat qilmoqda, ularning iş haqi xarajatlari yillik 105 million qirğiz sömidan (1,2 million dollar) ortiq. 

Şu bilan birga, birorta naşr özini özi ta’minlay olmayapti, bu esa pirovardida budjet mablağlarining samarasiz sarflanişiga olib keladi, deb ta’kidlamoqda Madaniyat vazirligi. 

Taşabbus mualliflariga köra, hududiy gazetalar haftada bir marta 1000-2000 nusxada çop etiladi va viloyat aholisini töliq ta’minlay olmayapti. Qirğizistonliklar ma’lumotni mobil internet, televideniye va radio orqali olişni ma’qul körgani uçun bosma naşrlarga bölgan talab pasaygan. 

Bularning barçasi viloyat gazetalari tahririyatlarini tugatiş töğrisida qaror qabul qilinişiga sabab bölgan.  

Madaniyat vazirligi qaror loyihasi hududiy ommaviy axborot vositalari tomonidan olib borilayotgan davlat axborot siyosatini takomillaştiriş maqsadida işlab çiqilganini qayd etdi. 

2017 yilda Qirğiziston hukumati mintaqa matbuotini isloh qilişga uringan edi. Jumladan, davlat ommaviy axborot vositalari negizida har bir viloyatda media-markaz taşkil etiş rejalaştirilgan edi. Biroq viloyat gazetalari rahbarlari özgarişlarga qarşi çiqdi va prezidentga murojaat yölladi. 

2018 yilda hududiy ommaviy axborot vositalariga 148 million qirğiz sömi (2,1 million dollar) sarflangani ma’lum qilindi. 34 ta tuman va 12 ta viloyat gazetasi, şuningdek, 6 ta hududiy telekanal davlat tomonidan moliyalaştirildi. 

2019 yil iyul oyida Qirğiziston hukumati mamlakatdagi barça tuman gazetalarini moliyalaştirişni töxtatiş niyati borligini ma’lum qilgan edi.