«Zakovat intellektual klubi» NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev «Zakovat» klubi a’zolari, bilimdonlar va bilimga bee’tibor bölmagan insonlarga murojaat bilan çiqib, ularni referendumga befarq bölmaslikka çaqirdi.

A.Abdullayev sönggi yillarda «Zakovat» Özbekistonning barça hududlarida yoşidan, jinsidan kasbi-koridan qat’i nazar yuz minglab insonlarni ilm yölida birlaştirganini e’tirof etar ekan, bu işlarni yigirma yil kutganini aytadi.

«Ta’lim ustuvorligini esa qonunlarda qat’iy belgilab qöyişimiz kerak. Huquqiy asosini yaratib olişimiz zarur. Ayniqsa, hozir Özbekiston konstitutsiyasi yangilanayotgan paytdan foydalanib qolmoğimiz kerak. Bu nihoyatda muhim, kelajagimizni belgilaydigan hujjat. Şu sababli sizlarni referendumda faol iştirok etişga çorlab qolaman», deydi «Zakovat» klubi prezidenti öz murojaatida.

Ma’lumot uçun, «Zakovat» intellektual öyinlari yurtimizda 2000 yillar boşidan buyon öynab kelinadi. Dastlab telekörsatuv sifatida paydo bölgan öyin keyinçalik yoşlar orasida ommalaşib, özining atrofiga minglab bilimdonlarni töpladi.

2022 yilga qadar klub bilimdonlarning şaxsiy mablağlari hamda homiylarning yordami bilan faoliyat yuritib kelgan.

2022 yil 21 yanvar kuni Prezident «Zakovat» intellektual öyinini aholi örtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantiriş va boşqa intellektual öyinlarni rivojlantirişga oid qarorni imzoladi. Qaror bilan mamlakatda intellektual öyinlarni ommalaştiriş maqsadida budjetdan birgina 2022 yil uçun 50 mlrd söm mablağ ajratildi.