Fransiya boş vaziri Elizabet Born pensiya yoşini 62 yoşdan 64 yoşga kötariş töğrisidagi qonun parlamentda ovoz berişsiz qabul qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda AFP yozdi. 

Avvalroq, 16 mart kuni Fransiya Senati munozarali pensiya islohoti töğrisidagi qonun loyihasini ma’qullagan edi, biroq öşa kunga rejalaştirilgan Milliy Assambleya — parlament quyi palatasida ovoz beriş jarayoni ötkazilmadi. Ommaviy axborot vositalari u yerda qonun qöllab-quvvatlanmasligi mumkinligini taxmin qilişgan edi. 

BFMTV ma’lumotlariga köra, qonunni qabul qiliş uçun Fransiya Konstitutsiyasining 49.3-moddasidan foydalanilgan, bu esa hukumatga qonun çiqaruvçi organning roziligisiz bir tomonlama tartibda qonunlar qabul qiliş imkonini beradi. 

Fransiyada pensiya yoşini oşiriş Emmanuel Makronning saylovoldi va’dalaridan biri hisoblanadi. Rasmiylar birinçi marta 2019 yilda pensiya yoşini oşirişga harakat qildi, bu ommaviy noroziliklarga olib keldi va islohot kovid pandemiyasi fonida qoldirildi. 

2023 yil yanvar oyidan beri Fransiyada pensiya islohotining yangi muhokamasi fonida minglab norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. 7 mart kuni ötkazilgan mitinglarda 1,2 milliondan ortiq kişi qatnaşdi, bu namoyişlar boşlanganidan beri eng yuqori körsatkiç böldi.