Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) 2023 yilda jahon iqtisodiyoti 2,6 foizga ösişini kutmoqda. 17 mart, juma kuni Parijda IHTT hisobotida e’lon qilingan bu körsatkiç 2022 yil noyabr oyidagi prognozidan (2,2 foiz) yuqori.
2024 yilda global iqtisodiy ösiş böyiça taxminlar ham yaxşilandi - 2022 yil noyabrdagi 2,7 foizlik prognozdan 2,9 foizgaça. Mutaxassislarning fikriça, iste’molçilar va korxonalarning kayfiyati asta-sekin yaxşilanmoqda, inflatsiya bosimi esa zaiflaşmoqda. Şu tariqa, G20 davlatlarining aksariyatida narxlar ösiş darajasi joriy yilda 8,1 foizdan 5,9 foizga, 2024 yilda esa 4,5 foizga kamayişi kerak, deya hisoblaydi tahlilçilar.
Bu yil jahon iqtisodiyotining rivojlanişi uçun boşqa ijobiy omillar orasida Xitoy iqtisodiyotining oçilişini va xomaşyo narxlarining kutilayotgan pasayişi ham bor.
Biroq, IHTT hisob-kitoblariga köra, jahonning eng yirik markaziy banklari pul-kredit siyosatini qat’iylaştirişi hisobga olinsa, 2023 va 2024 yillarda global iqtisodiy ösiş uzoq muddatli trend darajasidan past bölib qoladi. Jahon iqtisodiyotining zaiflaşişi xavfi sezilarli darajada saqlanib qolinişiga yana bir sabab - Ukrainadagi uruşning rivoji böyiça noaniqlik.
Taşkilot hisobotida aytilişiça, Germaniya iqtisodiyoti bozor prognozlari yaxşilanganiga qaramay, 2023 yilda boşqa yirik sanoat mamlakatlariga qaraganda sekinroq ösadi.
Yevrohudud iqtisodiyoti 2023 yilda 0,8 foizga, 2024 yilda esa 1,5 foizga ösadi, deyiladi hisobotda. Oldingi prognozlar biroz kamroq edi: mos ravişda 0,5 foizga va 1,4 foizga ösiş. Yuqoriga qarab tuzatiş energiya narxi kötarilişining salbiy ta’siri yumşatilişiga boğliq.











