Şu munosabat bilan ötkazilgan marosimda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, nuroniylar, ziyolilar, yoşlar iştirok etdi. Davlat rahbari sözining avvalida xalqni Navröz ayyomi va muqaddas Ramazon oyi kirib kelayotgani bilan qutladi. Toşkentning qadim tarixini yodga olib, u bugun ham hayotning barça jabhasida mamlakatda yetakçi bölib kelayotganini ta’kidladi. 

– Biz aholi talabidan kelib çiqib, oxirgi yillarda Toşkentda juda köp qurilişlar qildik. Endi uning rivojlaniş istiqbollarini öylaşimiz kerak. Xalqimiz “maslahatli töy tarqamas” deganidek bugun sizlar bilan Toşkentning kelajagini kengaşiş uçun yiğildik, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident poytaxt istiqbolini belgilaşda uzoqni öylaş kerakligini ta’kidladi.

– Poytaxtimizning barqaror rivojlanişini öylab, kamida 15-20 yil oldin rejalarimizni aniq belgilab olişimiz zarur. Çuqur öylangan urbanizatsiya siyosati – turmuş şaroiti, iqtisodiy rivojlanişga, odamlar kayfiyati va madaniyatiga juda katta ta’sir körsatadi, – dedi davlat rahbari.

Buyuk Britaniya, Singapur va turkiyalik mutaxassislar bilan birga, Toşkent şahrining 2045 yilgaça bölgan Boş rejasi loyihasi işlab çiqildi. Unda aholi uçun qulay şaroitlar yaratiş, qurilişlarni şahar taşqarisida amalga oşiriş, atrof-muhit tozaligini ta’minlaş, Toşkentning me’moriy qiyofasini saqlab qoliş masalalari közda tutilgan.

Toşkent viloyatining çegaradoş tumanlari hisobidan poytaxt hududini bosqiçma-bosqiç kengaytirib, Çirçiq va Qorasuv daryolari oraliğida Yangi Toşkentni quriş rejalaştirilgan. Xalq deputatlari va jamoatçilik vakillari bilan muhokama qilinib, 3 xil loyihadan eng maqbuli tanlab olingan.

Yangi Toşkent loyihasi doirasida 20 ming gektarda 1 million aholi yaşaşi uçun qulay şaroit yaratiladi va şunga mos infratuzilma bilan ta’minlanadi. Xususan, birinçi bosqiçda 60 ming aholiga möljallangan köp qavatli uylar, 30 ta maktab, 20 ta bolalar boğçasi, köp tarmoqli şifoxona va 5 ta oilaviy poliklinika barpo etiladi. Davlat idoralari, Yangi Özbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlari ham şu yerda joylaşadi.

Yana bir muhim tomoni – bu loyihani amalga oşirişda zamonaviy urbanizatsiya yondaşuvlari asosida “aqlli” texnologiyalar qöllaniladi. Masalan, ekologik transport tizimi taşkil etiladi. Metro va elektrobuslar uyğunlikda harakatlanadi. “Yaşil va xavfsiz şahar” tamoyili asosida, piyodalar va velosipedçilarning erkin harakatlanişi uçun qulay şaroit yaratiladi. Şu maqsadda 100 ming avtomobil uçun yer osti turargohlari quriladi. Avtomobil qatnovi uçun 14 ta zamonaviy tunellar hamda Çirçiq va Qorasuv daryolari ustida 7 ta köprik bunyod etiladi. Barça elektr, aloqa tarmoqlari, gaz va suv quvurlari yer tagidan ötkaziladi.