17 mart kuni mintaqaviy Silk Avia milliy aviakompaniyasining birinçi samolyoti Bangkokdan Toşkentga uçdi.
Samolyot texnik holati jihatdan körikdan ötdi va töliq böyaldi, sinov parvozlarini amalga oşirdi hamda eksport sertifikatiga ega böldi. ATR 72-600 samolyotining maksimal uçiş balandligi (7600 m) va masofasi (1500 km) hisobga olinsa, samolyot Bangkokdan Toşkentga kelgunça Singapur, Hindiston, Ummon, Misr, Kipr va Ozarboyjonda oltita texnik töxtaşni amalga oşiradi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, Silk Avia aviakompaniyasining birinçi samolyoti Toşkentga 21 mart kuni qönadi.
«Şu kungaça ulkan işlar amalga oşirildi: mos samolyotlarni topişdan tortib, ularni sotib oliş va barça kerakli hujjatlarni töldirişgaça. Birinçi reyslar yölga qöyilişiga oz qoldi. Özbekiston xalqiga Navröz bayramiga şunday muhim sovğa qilişimizdan juda mamnunmiz», — dedi Uzbekistan Airports boşqaruvi raisi Ra’no Jörayeva.
Yölovçi siğimi 70 kişilik ATR 72-600 samolyoti dunyodagi eng maşhur qisqa masofaga uçuvçi samolyotlardan biri hisoblanadi. Airbus A320’ga nisbatan tört baravar kam yonilği sarflaydi.











