«Uzun piçoqlar keçasi». Hitlerning mutlaq hokimiyat yölidagi birinçi qonli «tozalaş» operatsiyasi
|02:19 / 20.03.202350 84510 min
1934 yilning 30 iyun va 1 iyul kunlari Germaniyada Hitler boşçilik qiluvçi Milliy-sotsialistik nemis işçilar partiyasi (MSNIP) içida «tozalaş» ötkaziladi. Partiyaning harbiylaşgan qanotlaridan biri bölgan SA (Sturmabteilung) - hujum otryadlari rahbarlari Hitlerga qarşi fitna tayyorlaş gumoni bilan qirğin qilinadi. Hitler SA rahbari, özining eski qadrdoni, uning hokimiyatga kelişida katta yordam bergan Ernst Ryomga ham şafqat qilmaydi.
Hitler va Ernst Ryom
Reyxsver va SA ziddiyati
SA (hujum otryadlari) tuzilmasi 1921 yilda Milliy-sotsialistik nemis işçilar partiyasining harbiy qanoti sifatida tuzilgan edi. Ular 1923 yil Hitler ötkazgan «Pivo isyoni»da asosiy kuç bölgan va buning ortidan biroz vaqt taqiqqa ham uçragan.
SA Hitler 1933 yil reyxskansler etib tayinlanişida ham muhim örin tutgan. Öşa paytdagi Germaniya prezidenti Paul von Hindenburg reyxsver (mamlakat armiyasi) va SA örtasida fuqarolar uruşi kelib çiqmasligi uçun ham Hitler reyxskansler lavozimini egallaşiga rozi böladi. Çunki bu vaqtga kelib SA tarkibida deyarli 3 millionga yaqin a’zo bor edi. Reyxsverda esa Versal tinçlik şartnomasi talablari tufayli 100 mingdan ortiq askar bölmasligi kerak edi. Şu tufayli Hindenburg Hitlerga yon bergandi.
Hitler reyxskansler lavozimni egallagan bölsa-da, hali mamlakatda mutlaq hukmdor emasdi. U öz partiyasi içida ham mutlaq diktaturaga ega bölmagan. SA rahbari Ernst Ryom ança konservativ ruhdagi harbiy bölib, Hitlerga bu yoqmagan. Öz navbatida Ryom ham Hitlerga bosim ötkazişga harakat qilgan.
CA otryadi
Reyxskansler bölgaç Hitler SA va reyxsverni birlaştirişga qaror qiladi. U hali hokimiyatda mustahkam örnaşmagani uçun mudofaa vaziri Verner fon Blomberg bilan yaqinlaşişga harakat qiladi va birlaşgan armiya boş ştabi rahbarligini unga berişni va’da qiladi.
Ryomning esa bu borada alohida rejalari bor edi. U SA va reyxsverni birlaştirib, yagona Milliy-sotsial xalq armiyasi taşkil qilmoqçi va unga özi rahbarlik qilmoqçi edi. Tabiiyki, reyxsver generallariga bu yoqmasdi.
Hitler reyxsver generallari va SA zobitlarini yaraştirişga harakat qiladi. Ammo natija çiqmaydi.
Bu paytda ança konservativ bölgan SA otryadlarida Hitlerdan norozilik kayfiyati kuçayib boradi. Ryom bundan foydalanib, Hitlerga bosim ötkazişga intiladi.
Çapdan öngga: Henrih Himmler Hitler Ernst Ryom
Mavzuga oid
Ryom Hitlerdan hokimiyatni tortib olmoqçi emasdi, u şunçaki fyurerga bosim ötkaziş orqali uni konservativ islohotlar amalga oşirişga majbur qilmoqçi edi.
Biroq Hitlerning atrofidagi odamlar, jumladan reyxsver rahbariyati, Herman Gering, SS boşliği Henrix Himmler va boşqalar fyurerni SA özboşimçaligiga barham berişga undaydi. Ular Hitlerni SA davlat töntarişi uyuştirişga tayyorlanayotganiga işontiradi.
Bu davrda haqiqatan ham sotsialistlar orasida Hitler inqilobni töliq amalga oşira olmagani va sotsialistik ğoyalarga xiyonat qilgani aytilayotgan edi. Gitler eski qadrdonidan şubhalana boşlaydi.
SA aslida ham keraksiz tuzilmaga aylangandi. Reyxsver endi Hitler qöliga ötgan, partiyaning esa boşqa harbiy qanoti — SS (himoya otryadlari) bor edi.
Şu tariqa, 1934 yil apreldan SA oliy rahbariyatiga qarşi fitnaga hozirlik körila boşlanadi.
«Uzun piçoqlar keçasi»
Mamlakatdagi eng yirik harbiylaşgan tuzilma bilan kuraşiş uçun jiddiy tayyorgarlik köriladi. SA bilan duşmanlik munosabatida bölgan reyxsver ofitserlari SS bölinmalarini qurol-yaroğ bilan ta’minlaydi. SS Bavariya, Berlin, Sileziya va Saksoniyada asosiy töqnaşuvlar bölişini taxmin qiladi va uşbu hududlardagi askarlar sonini köpaytiradi.
4 iyun kuni Hitler va Ryom örtasida bir neça soatlik muloqot bölib ötadi. Şundan söng SA rahbari 1 iyuldan boşlab barça SA otryadlari bir oylik ta’tilga çiqişini e’lon qiladi. Ryomning özi ham soğligini tiklaş uçun Bavariyadagi Bad-Vizse qişloğiga yöl oladi. Reyxsver rahbariyati buni Ryomning mağlubiyati sifatida qabul qiladi.
Ernst Ryom va SA zobitlari
Hitler uşbu kelişuvdan söng ança tinçlangandek böladi, lekin Germaniya konservativ burjuaziyasi sobiq imperator Vilgelm II’ning öğli, SA zobiti şahzoda Avgust Vilgelmni reyxprezidentlikka tayinlaşga harakat qilayotgani va SA bilan hamkorlik qilmoqçi ekani uni oxirgi qarorni qabul qilişga majbur qiladi. Hindenburg vafotidan söng prezidentlik lavozimini egallab mutlaq diktatorga aylanmoqçi bölgan Hitler raqiblaridan birdaniga qutulişga qaror qiladi.
28 iyun kuni Himmler Hitlerga SA tez orada butun mamlakat böylab isyon kötarişi haqida yolğon xabar beradi.
Hitler fon Blombergga SA’ning barça rahbarlarini Bad-Viszeda yiğişini aytadi. Keyin Ryomga qönğiroq qilib SA a’zolari Reyn yerida xorijlik diplomatlarga qöpol muomala qilganini aytib, barça SA zobitlarini Bad-Viszega töplaşni buyuradi.
Uçraşuv 30 iyun kuniga belgilanadi. Unda SA tuzilmasining barça obergruppenfyurer, gruppenfyurer va inspektorlari qatnaşişi kerak edi.
29 iyun kuni reyxsver va barça SS otryadlarida «jangovar trevoga» e’lon qilinadi.
Hitler 30 iyun kuni tungi soat ikkida Myunxen aeroportiga kelib qönadi. U fyurerni kutib oliş uçun çiqqan MSNIP va SA a’zolari oldidan ötib, reyxsverning ikki zobiti hamrohligida yölga çiqadi.
Öşanda u şunday deydi: «Bu mening hayotimdagi eng qora kun. Ammo men Bad-Viszega borib eng qattiq hukmni çiqaraman, general Adamni çaqiring».
Tonggi soat 6:30 da Hitler Bad-Visze pansionatiga yetib keladi va Ryomni şaxsan özi hibsga oladi. Pansionatdagi barça SA zobitlari qölga olinadi va qamoqxonaga yuboriladi.
Hitler pansionatdan çiqayotgan payt operatsiyaning eng kulminatsion nuqtasi sodir böladi. Pansionatga Myunxendan içida Ryomning şaxsiy qöriqçilari bölgan bir neçta yuk maşinalari keladi. Qöriqlov guruhi — «ştabsvaxe» Ryomning sodiq askarlari bölib, ular öz yetakçilarini har qanday holatda ham himoya qilişga tayyor edi. Biroq ular maşinadan tuşib, pansionat oldida turgan fyurerni körib hayron qolişadi.
Hitler ularga ortga qaytib, keyingi buyruqni kutişni buyuradi, lekin askarlar ozgina nariroqqa borib töxtaydi. Çunki ularga erta tongda şaxsan fyurer SS zobitlari qurşovida Bad-Viszega kelişi juda ğalati körinadi. Hitler Myunxenga aylanma yöl orqali borişga majbur böladi.
Soat 9:00 da Myunxendan kelgan qönğiroqdan söng «Uzun piçoqlar» operatsiyasi boşlanadi. Himmler Berlindagi SS zobitlariga qurbonlar nomlari yozilgan röyxatlarni tarqatadi. Berlin va butun mamlakat böylab SA rahbariyatini ovlaş boşlab yuboriladi.
1 iyul kuni Ryom qamoqda özini öldirişdan boş tortgaç, otib taşlanadi. Şu kuni kun böyi va keçasi bilan qirğin davom etadi. SA’ning deyarli barça katta zobitlari yöq qilinadi.
Hitler SA’ga qarşi operatsiyadan siyosiy duşmanlarini yöq qiliş uçun ham foydalanadi. Jumladan, Hitlerdan oldingi reyxskansler, Veymar respublikasining sönggi hukumati rahbari Kurt fon Şlayxer xotini bilan birga öz uyida otib taşlanadi.
Şuningdek, Hitlerning partiyadagi asosiy raqibi, partiya asosçilaridan biri bölgan Gregor Ştrasser ham SA’ga aloqadorlikda ayblanib öldiriladi.
Hitler va Gregor Ştrasser
Nega «Uzun piçoqlar»?
Operatsiyaning bunday nomlanişi qadimgi Britaniya tarixi bilan boğliq. Britaniya orolida yaşovçi britt qabilalari pikt va skott qabilalariga qarşi kuraşiş uçun germanlarning yut va sakslar qabilalarini yordamga çaqiradi. Biroq sakslar ularning özlariga xiyonat qilganidan xabar topgaç, brittlar katta ziyofat uyuştiradi va unga barça saks yetakçilarini taklif qiladi. Saks qabilalari boşliqlari bazmga kelgaç, brittlar dasturxonga qöyilgan uzun piçoqlar bilan ularning barçasini öldiradi. Şundan söng «uzun piçoqlar» iborasi xoinlarni qirğin qiliş ma’nosida işlatila boşlanadi.
Nemis harbiylari ham SA Hitler va partiyaga xiyonat qilgan degan da’vo bilan operatsiyaga şunday nom beradi. «Uzun piçoqlar tuni» tugagaç Gering uşbu operatsiyada qatnaşgan SS zobitlariga mukofot sifatida uzun piçoqlarni topşiradi.
Uzun piçoqlar keçasiga atab çizilgan karikatura. Undagi qadimgi britt jangçisi uzun piçoqlar an’anasi brittlarga borib taqalaşiga boğliq
Qurbonlar va operatsiyaning ahamiyati
«Uzun piçoqlar tuni» yoxud «kolibri» operatsiyasi davomida ikki yuzdan ziyod SA ofitserlari, yana yuzlab siyosiy muxolifat vakillari yöq qilinadi. Parijda çop qilingan jurnallarda bu son 400 dan ortiqroqligi aytiladi.
1946 yil, faşistlar qulaganidan söng oçiqlangan ma’lumotlarga köra esa «Uzun piçoqlar tuni»da mingdan ortiq nemis öldirilgan, xususan partiyaning SA’ga umuman aloqasi bölmagan köplab a’zolari ham.
SA otryadlari şaxsiy tarkibining katta qismi reyxvser tarkibiga ötkaziladi. Qolgan qismi esa militsiya va qöriqlaş işlari bilan şuğullana boşlaydi. SA amalda yöq qilinişi bilan SS va uning rahbari Henrix Himmlerning obrösi ança oşadi. SA örniga SS partiyaning asosiy qurolli tayançiga aylanadi.
Germaniya içki işlar vazirligi uşbu qirğinni davlat manfaatlari yölida qilingan qonuniy harakat deb ataydi va Reyxstag ham buni ma’qullaydi.
«Uzun piçoqlar keçasi» Hitlerning öz tarafdorlari orasida ötkazgan ilk qonli «tozalaşi» edi. Operatsiyadan söng u partiyada mutlaq hukmronlikka erişadi. Tez orada keksa prezident Hindenburg vafot etgaç esa prezidentlik kursisini ham egallaydi va mutlaq diktatorga aylanadi.