«Qiymalangan göşt» operatsiyasi. Ittifoqçilar dezinformatsiya orqali Hitlerni qanday aldagandi?
|00:44 / 14.04.202346 95613 min
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Şu kunlarda AQŞ maxsus xizmatlarining Ukrainadagi uruş va ba’zi boşqa sohalarga doir razvedka ma’lumotlari ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Köpçilik buni maxsus dezinformatsiya operatsiyasi deb taxmin qilmoqda.
AQŞ va Buyuk Britaniya bu borada katta tajribaga ega. Çunonçi, tarixdagi eng yirik va muhim dezinformatsiya operatsiyasi 1943 yilda, AQŞ va Buyuk Britaniya harbiylari tomonidan ötkazilgan edi. Bu operatsiya oqibatida Ikkinçi jahon uruşida buriliş yasagan voqealardan biri — Italiyaning taslim bölişi tezlaşgandi.
1943 yil
1943 yilga kelib AQŞ – Buyuk Britaniya – SSSR ittifoqi faşistik davlatlar blokiga qaraganda köproq ustunlikka erişa boşladi. Öşa yilning fevral oyida Stalingrad qamali tugadi va Germaniya qaqşatqiç zarbani qabul qildi. Nemis general-feldmarşali Fridrix Paulyus asirga olindi.
Stalingrad jangi qatnaşçilari
Bu paytda AQŞ va Buyuk Britaniya birlaşgan kuçlari Şimoliy Afrikada muvaffaqiyatga erişdi va nemislarni Afrikadan quvib çiqardi. Endilikda ikkinçi front oçiş uçun harbiy harakatlarni Yevropaga köçiriş kerak edi. London va Vaşingtondagilar 1944 yilgaça La-Manş orqali Fransiyaga qöşin tuşiriş mumkin emas deb hisoblardi.
Ularda ikkita variant bor edi: birinçisi – Italiyaning Sitsiliya orolini egallaş va Örta Yer dengizi nazoratini töliq qölga oliş, ikkinçisi – Gretsiya va Bolqon yarimoroliga qöşin tuşirib, SSSR bilan birgalikda Bolqondagi Germaniya armiyasini qurşovga olib, Germaniyani Bolqondagi muhim xomaşyo manbalaridan uzib qöyiş.
Öşa paytda köpçilik ittifoqçilar Sitsiliyaga qöşin tuşirişini taxmin qilardi, çunki orol desant taşlaş uçun ança qulay va yaqinroq edi. 1943 yil Marokaşning Kasablanka şahrida ötkazilgan konferensiyada Sitsiliyaga hujum qiliş varianti tanlangaç, Buyuk Britaniya boş vaziri Uinston Çerçill «Nişon Sitsiliya bölişini ahmoqlardan boşqa hamma biladi» deya kinoya qiladi.
Hitler Bolqon qöldan ketsa, u yerdagi nemis armiyasi uçun muhim bölgan mis, boksit, xrom va neftdan ayrilişdan xavotirda edi. Şuning uçun faşistik guruhda bu borada ikki xil qaraş paydo böladi. Italiya rahbari Mussolini hujum Sitsiliyaga bölişiga amin edi va Hitlerdan himoya uçun orolga qöşimça diviziyalar taşlaşni söraydi. Ammo Hitler qaror qabul qilişga ikkilanadi.
Ittifoqçilar aynan şu vaziyatdan foydalanib qolişga qaror qiladi. Ular Hitlerni hujum Bolqon va Gretsiyaga bölişiga işontiriş uçun maxsus dezinformatsiya operatsiyasini ötkazadi.
Mavzuga oid
Manyovrlar. Barclay operatsiyasi
Ittifoqçi kuçlar Germaniya boş ştabini aldaş uçun manyovrlar ötkazişni boşlaydi. Bu harakatlar Barclay operatsiyasi deb nomlanadi.
Ittifoqçi kuçlarning asosiy zarbasi Bolqon yönalişida bölişini isbotlaş uçun inglizlar Barclay operatsiyasi doirasida Misrda ön ikkita diviziyadan iborat soxta 12 armiyani yaratadi. Hujum Gretsiyaga bölişi va u yaqinlaşayotganiga nemislarni işontiriş uçun Britaniyaning Maxsus operatsiyalar boşqarmasi yunon partizanlari bilan birgalikda Gretsiyadagi temiryöl va avtomobil yöllari tarmoqlariga bir neça qöporuvçilik hujumlari uyuştiradi.
Şuningdek, inglizlar nemislar kuzatişi uçun soxta qöşinlar harakati va radioaloqalarni ham taşkil etadi.
1943 yilgi holat
«Qiymalangan göşt»
Ammo nemislarni işontiriş uçun kattaroq, jiddiyroq iş qiliş kerak edi.
1939 yil Buyuk Britaniya dengiz-harbiy razvedkasi boşqarmasi rahbari Jon Godfri turli harbiy nayranglar bayon etilgan maxfiy «Forellar haqida eslatma» hisobotini yozadi. Biroq köpçilik bu hisobotning tuzuvçisi aslida Godfrining yordamçisi, Jyeyms Bond haqidagi romanlari muallifi Yan Fleming ekanini ta’kidlaydi.
Aynan mana şu hisobotda «zobit kiyimi kiydirilgan murdani notöğri ma’lumotlar bilan duşmanga yuboriş» ğoyasi ilk bor tilga olinadi.
1942 yilda Britaniyadan Gibraltarga uçayotgan samolyot halokatga uçraydi va undagi fransuz josusi Jyeyms Tyorner muhim maxfiy ma’lumotlar bilan birga Ispaniyaning Kadis şahri qirğoqlariga oqib keladi. Ispanlar jasadni topib oladi va keyinroq Britaniyaga qaytaradi. Biroq ingliz razvedkasi Ispaniya betaraf pozitsiyada bölişiga qaramay, Hitler Germaniyasi bilan hamkorlik qilgani va Tyornerdagi ma’lumotlarni Berlinga taqdim etganini aniqlaydi. Bu Britaniyaga ispanlar nemislarga ma’lumot yetkazayotganini bilişga imkon beradi.
1942 yil oktyabrda Britaniyaning içki aksilrazvedka va xavfsizlik xizmati bölmiş MI5 xodimi, Qirollik harbiy-havo kuçlari parvoz leytenanti Çarlz Çelmondeley Godfrining hisoboti va fransuz josusi taqdiridan kelib çiqib, maxsus dezinformatsiya operatsiyasi rejasini tuzib çiqadi.
Çarlz Çelmondeley va Iven Montegyu
Britaniya qömondonligi rejani körib çiqib, uni mukammallaştiriş uçun Çelmondeleyga Qirollik dengiz razvedkasi xodimi Iven Montegyuni biriktiradi. Çelmondeley va Montegyu bir neça oy davomida maxsus operatsiyaning batafsil rejasini işlab çiqadi. Rejaga köra, operatsiya uçun mos jasad topilişi, unga Qirollik dengiz piyodalari kiyimi kiydirilişi va aviahalokat natijasida qurbon bölganini tasdiqlovçi belgilar qöyilişi hamda Ispaniya qirğoqlariga oqizilişi kerak edi.
Ammo bu oson emasdi. Uruş davrida qarovsiz jasadlarni topiş qiyin bölgan, köpçilikning qarindoşlari murdalarni talab qilgan. Şu bois, operatsiyaga mos jasadni topiş ança vaqt olgan va nihoyat 1943 yil yanvar oyida özini zaharlab öldirgan odam murdasi topilgan.
Nemis harbiylarida şubha paydo qilmaslik maqsadida jasad uçun xayoliy hikoya töqiladi. Unga köra, jasad Qirollik dengiz piyodalari kapitani (mayor vazifasini bajaruvçi), Birlaşgan operatsiyalar ştabi xodimi Uilyam Martinga aylanadi.
Martinning haqiqiyligini yanada kuçaytiriş uçun uning çöntaklariga turli buyumlar solib qöyiladi. Ular orasida uning töqima rafiqasi Pemning ham surati bor edi, aslida esa suratdagi ayol MI5 agenti Jin Lesli bölgan. Şuningdek, boşqa narsalar qatorida, Pemning ikkita işqiy maktubi va Londondagi Bond-stritdan olingan uzuk kvitansiyasi ham jasad çöntagiga joylaştirilgan. Martinning harbiy guvohnomasidagi surat esa murdaga öxşovçi MI5 agenti Ronni Ridning surati edi.
Jasaddagi asosiy hujjat Britaniya qurolli kuçlari boş ştabi boşliği örinbosari, uşbu operatsiyadan xabardor general-leytenant ser Arçibald Nay Jazoir va Tunisdagi general Eyzenxauer qömondonligi ostidagi Britaniya va AQŞning 18-qöşma armiyasi guruhi qömondoni ser Harold Aleksandrga yozgan şaxsiy xat edi.
Maktubda turli qöşimça ma’lumotlar bilan birga, nemislar öqişi uçun muhim maxfiy ma’lumot ham mavjud edi: «Bizda sönggi paytlarda “boşlar” (boche – nemislar) Gretsiya va Kritda öz mudofaasini kuçaytirayotgani va mustahkamlayotgani haqida ma’lumotlar bor. Boş ştab boşliği bizning kuçlar şturm uçun yetarli emas deb hisoblaydi. Ştab rahbarlari 5 va 56-diviziyalarni kuçaytiriş kerak degan fikrda».
Jasad çöntagiga yana bir xat joylaştiriladi. Bu maktub vitse-admiral Lord Mauntbattenning tavsiyasi edi. Unda Uilyam Martin desant operatsiyalari böyiça ekspert sifatida tilga olinadi. Maktubda sardina baliği haqidagi hazil bor edi va bu bilan ittifoqçilar Sardiniya oroliga hujum qilmoqçi ekaniga şama qilingandi.
Işonçlilikni yanada oşiriş uçun Martinning yoniga boşqa muhim bölmagan hisobotlar solingan portfel ham joylaştiriladi. Portfel jasad suvga taşlanganda oqib ketmasligi uçun murdaning kamariga boğlab qöyiladi.
Barçasi tayyor bölgaç, 1943 yil 19 aprel kuni “Uilyam Martin” jasadi Ğarbiy Şotlandiya qirğoqlarida Seraph suvosti kemasiga yuklanadi. Jasadni boşqaçasiga Ispaniya qirğoqlariga yetkaziş imkonsiz edi.
Seraph suvosti kemasi 30 aprel kuni Ispaniyaning Kadis körfazi yaqinida jasadni suvga taşlaydi. Oradan beş soat ötib, murdani ispaniyalik baliqçilar topib oladi va dengiz sudyasiga yetkazadi. Jasad bu yerdan Madridga yuboriladi. Ispaniyadagi Abver (Germaniya harbiy razvedka xizmati) josuslari murdada muhim ma’lumotlar borligidan xabar topadi va Ispaniya hukumatidan bu ma’lumotlarni Germaniyaga berişni söraydi. Hujjatlardan nusxalar olinib, yana öz joyiga qaytarib qöyiladi va Britaniya konsuliga topşiriladi.
8 may kuni “Uilyam Martin”dagi soxta hujjatlar nusxalari Hitler stoli ustida paydo böladi. 14 may kuni inglizlar nemis signallarini uşlab, öqişga erişadi hamda reja iş berganini tasdiqlaydi — Germaniyaning juda maxfiy signallarda ittifoqçilar hujumi Bolqon va Dodekanes orollariga bölişi aytilgandi.
Jasad uç oy davomida muzlatgiçda saqlangandi va ispaniyalik şifokorlar bu yaqinda aviahalokatga uçragan uçuvçi murdasi emasligini bilib qolişi mumkin edi. Şu bois, Britaniyaning Ispaniyadagi vitse-elçisi autopsiyada (ölim sababini aniqlaş jarayoni) şaxsan özi qatnaşadi va şifokorlarni çalğitadi. Natijada ölim sababi sifatida «suvda böğiliş» körsatiladi.
Barçasi reja böyiça ketişi uçun Britaniya hukumati Ispaniyadan jasadni berişni söraydi. Ispaniya jasadni barça hujjatlari bilan birga Britaniya vakillariga qaytaradi va inglizlar uni tantanavor tarzda dafn qiladi. Inglizlar maktublar oçilib, nusxalanganini bilmaslikka oladi.
Nemislarni yanada işontiriş uçun Britaniyaning The Times gazetasida çop etiluvçi qurbonlar röyxatiga Uilyam Martin nomi ham kiritiladi. U samolyot kutilmaganda dengizga qulaşi oqibatida vafot etgani qayd etiladi.
Operatsiya muvaffaqiyati
AQŞ va Buyuk Britaniya qöşinlari Sitsiliyaga tuşirilişi
Özi şundoq ham Bolqondan xavfsirayotgan Hitler tasodifan qölga kiritilgan «yaşirin» ma’lumotlardan söng qöşinlarni Sitsiliyadan Gretsiya va Sardiniyaga köçirişni boşlaydi. Uning buyruği bilan tajribali 1-tank diviziyasi Fransiyadan Gretsiyaga köçiriladi. Sardiniyadagi nemis askarlari soni ikki baravarga köpaytirilib, ularning soni 10 mingtaga yetkaziladi. Bundan taşqari, mudofaaga kömaklaşişi uçun bu yerga qiruvçi samolyotlar ham joylaştiriladi.
Bolqondagi diviziyalar soni 8 tadan 18 taga köpaytiriladi. Sitsiliyadagi torpedoli harbiy kemalar ham Gretsiyaga köçiriladi.
9 iyul kuni esa AQŞ va Buyuk Britaniya «Haski» operatsiyasini boşlab, Sitsiliya oroliga ilk bölinmalarni taşlaydi. Biroq şunda ham Hitler asosiy hujum Bolqonga bölişiga işonadi va hatto ittifoqçilar Sitsiliyaga desant taşlaganidan tört soat ötib, nemislarning 21 ta samolyoti Sitsiliyani tark etib, Sardiniyaga yöl oladi.
Hitler şuningdek, 13 iyulda SSSRdagi ikkita tank diviziyasini ham Bolqonga yuborişga tayyorgarlik körişni buyuradi, bu esa Moskva ostonasidagi Kurskda bölib ötgan hal qiluvçi tanklar jangi oldidan nemis kuçlari zaiflaşişiga sabab böladi.
Hitler iyul oyi oxiriga qadar öz fikriga sodiq qoldi va general Ervin Rommelni mudofaani uyuştiriş uçun Gretsiyaga yuboradi. Hitler va nemis qömondonlari aldanganliklarini bilganda esa nimadir qiliş uçun keç bölgandi.
17 avgust kuni Sitsiliya mudofaasi qulaydi va orol ittifoqçilar nazorati ostiga ötadi. Germaniya qöşinlari Italiyaning materikdagi qismiga qoçib ötadi.
Sitsiliyaning qulaşi Mussolinining hokimiyati ham qulaşiga olib keladi. Sitsiliya uçun janglar ketayotgan paytda Italiya faşizmining buyuk kengaşi Mussolinini hokimiyatdan çetlatişga ovoz beradi va ertasi kuni «duçe» qamoqqa olinadi. Yangi Italiya hukumati ittifoqçilar bilan yaşirin muzokaralar boşlaydi.
Adolf Gitler va Benito Mussolini
Şunday qilib, «Qiymalangan göşt» dezinformatsiya operatsiyasi Ikkinçi jahon uruşida sezilarli rol öynaydi va axborot sohasining qançalik muhimligini körsatadi. Uşbu operatsiya oqibatida Italiya amalda Ikkinçi jahon uruşidan çiqadi, Kursk jangi oldidan SSSR uçun ustunlik yaratiladi.
Reja asosçisi Çarlz Çelmondeley 1948 yilda Britaniya imperiyasi Ordeni a’zosi etib tayinlanadi. Uning şerigi Iven Montegyu esa Britaniya imperiyasi Ordeni ofitseri unvoni bilan mukofotlanadi.
«Qiymalangan göşt» operatsiyasi eng muvaffaqiyatli aldov manyovrlaridan biri sifatida tarixga kiradi.