AQŞ prezidenti Jo Bayden SARS-CoV-2 koronavirusining kelib çiqişi haqidagi ba’zi razvedka ma’lumotlarini maxfiylikdan çiqarişni talab qiluvçi qonun loyihasini imzoladi, deb xabar qildi Oq uy 20 mart, duşanba kuni.
«Men Kongressning 2019 yilda koronavirusning kelib çiqişi haqida iloji boriça köproq ma’lumot naşr etiş maqsadiga qöşilaman. 2021 yilda men razvedka hamjamiyatiga COVID-19 kelib çiqişini tekşiriş uçun barça vositalardan foydalanişni topşirdim va bu iş davom etmoqda», deyiladi Bayden bayonotida.
«Mening ma’muriyatim COVID-19'ning kelib çiqişiga oid barça maxfiy ma’lumotlarni, şu jumladan Vuhan virusologiya instituti bilan aloqalarni körib çiqişda davom etadi. Uşbu qonunni amalga oşirişda ma’muriyatim uşbu ma’lumotlarning maxfiyligini oçib beradi va imkon qadar köproq taqdim etadi», - deya va’da berdi prezident.
Koronavirusning kelib çiqişi töğrisidagi qonun taşabbuskorlaridan biri respublikaçi senator Joş Xouli edi, deb eslaydi The Hill. Qonun loyihasi oxir-oqibat Oq uyga imzolaş uçun yuborilgunga qadar Senat va Vakillar palatasida e’tirozlarsiz ovoz berişdan ötdi, deya qayd etadi Reuters.
Milliy razvedkadan «Vuhan virusologiya instituti va COVID kelib çiqişi örtasidagi potensial aloqalar töğrisida» har qanday ma’lumotlarni oşkor qilişni talab qiladigan qonun loyihasi The Wall Street J materiali e’lon qilingandan söng işlab çiqilgan bölib, unda naşr AQŞ Energetika vazirligining koronavirus kelib çiqişi haqidagi hisobotiga tayangan.
Unda idora COVID-19 pandemiyasi laboratoriyadan kelib çiqqanini aytgan. WSJ ta’kidlaşiça, Energetika vazirligi virusning laboratoriyadan sizib çiqişi nazariyasiga sodiq qolgan FQBdan keyin AQŞning ikkinçi federal idorasiga aylandi. Yana törtta razvedka agentligi virus tabiiy ravişda paydo bölgan deb hisoblamoqda, ikkitasi, şu jumladan Markaziy razvedka boşqarmasi hali bir qarorga kelmadi.













