Ukraina Boş prokuraturasi Rossiya Davlat dumasining 20 nafar deputati mamlakatning «hududiy yaxlitligiga tajovuz qilgani» uçun mol-mulki musodara qilinib, sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilingani haqida xabar berdi.
«Ukrainaning hududiy yaxlitligi va daxlsizligini buzgani uçun Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining 20 nafar deputatining har biri 15 yil qamoq jazosiga hukm qilindi», deyiladi xabarda. Ularning ismi şarifi keltirilmagan.
Mart oyi boşida Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) özini özi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan oliş uçun ovoz bergan Rossiya Davlat dumasining 41 deputatiga qarşi iş qözğatganini ma’lum qilgandi. Fevral oyida UXX Davlat Dumasining yana 55 deputatiga qarşi ayblov e’lon qildi.
23 dekabr kuni Ukrainada Davlat dumasi deputati, qöşiqçi Denis Maydanov Rossiya tomonidan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan oliş uçun ovoz bergani tufayli mol-mulki musodara qilinib, sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.












