Qariyb 20 yil içida ilk bor muxolifatning bir qança vakillari saylovda (mustaqil nomzod sifatida) qatnaşa olgani tufayli YeXHT ekspertlari buni demokratiya sari qadam sifatida baholaşdi, ammo demokratik islohotlarni davom ettiriş zarurligini ham ta’kidlaşmoqda.

«Avvalgi tavsiyalar asosida saylovçilarga köproq tanlov beriş uçun qonunçilik bazasiga ba’zi özgartirişlar kiritildi», deyiladi kuzatuvçilar hisobotida, «Biroq, [erkin] demokratik saylovlar ötkaziş uçun yetarli asos yaratiş uçun yana islohotlar zarur».

Qozoğiston 1991 yilda mustaqillikka erişganidan beri Ğarb kuzatuvçilari bu mamlakatda ötkazilgan birorta saylovni erkin deb tan olmagan.

Mamlakatdagi jurnalistlar va siyosatşunoslar bu safar ham heç qanday tub özgarişlar yuz bermagani va Qozoğiston rasmiylari «erkin saylovlarni taqlid qilişdek odatdagi amaliyotini davom ettirayotgani, bu safar saylov islohotini “tutun pardasi” sifatida işlatayotgani»ni ta’kidlamoqda.

Qulay köpçilik

Bu Qozoğistonda prezident Qosim-Jömart Töqayevning keng kölamli saylov islohotidan keyin yangi qoidalar böyiça ötkazilgan birinçi saylov böldi.

Yangi saylov tizimi liberalroq deb ta’riflangan, biroq qonun quyi palatadagi örinlarning uçdan ikki qismi hozirda prezidentni qöllab-quvvatlovçi yettita rasmiy siyosiy partiya örtasida taqsimlanişini kafolatlaydi.

Foto: EPA

Rasmiy ravişda Töqayev mamlakat boşqaruviga 2019 yil mart oyida, possovet davrining doimiy yetakçisi Nursulton Nazarboyev prezidentlikdan ixtiyoriy ravişda iste’foga çiqqanidan söng keldi. Biroq amalda hokimiyat yangi prezident qöliga 2022 yil yanvarida, Nazarboyevning siyosatdan butunlay ketişini talab qilgan ommaviy norozilik namoyişlaridan söng ötdi.

Sönggi bir yil içida Töqayev hukmron elitada sezilarli özgarişlarni amalga oşirişga muvaffaq böldi, köplab rahbarlik lavozimlarida özidan oldingilarni almaştirdi, bu esa yangi prezident pozitsiyasini ança mustahkamladi.

Biroq parlament quyi palatasining hozirgi tarkibi Nazarboyev keng vakolatlarga ega bölgan va hukmron partiyani boşqargan paytda saylangan edi, şu bois Töqayev 2026 yilgaça kutmaslikka qaror qildi va mamlakatda muddatidan oldin saylovlar ötkazilişini e’lon qildi.