Germaniya davlat mulozimlari yaqinda Haaga tribunali tomonidan Putinga nisbatan qidiruv e’lon qilganiga munosabat bildirib, “agar Putin Germaniyaga kelsa, biz uni qamoqqa olişga majbur bölamiz” degan ma’noda fikr bildirişgan.
Bunga javoban, Medvedev “Rossiya – yadroviy qudratli davlat. Uning prezidenti V.Putinning qamoqqa olinişi – uruş e’lon qilinişini bildiradi. Agar V.Putin qamoqqa olingudek bölsa, şu zahoti Germaniyaga Rossiyaning yadroviy raketalari uçadi” degan.
Xöş, Putin şu yaqin orada Germaniyaga borişi kutiladimi? Germaniya ham Putinni taklif qilişdan manfaatdormi? Agar borsa, nima böladi?
Putin – nihoyatda ehtiyotkor siyosatçi. Misol uçun, oldingi Rossiya prezidenti Boris Yelsin bilan qiyoslaganda, Yelsin kutilmagan qarorlari, şijoati va jasorati bilan boşqalardan ajralib turardi. Lekin, Putin juda ehtiyotkor, uning fikrlaşi va harakatlar mantiği yaxşi örganilgan. Putin öz hayotiga tahdid yoki risk soladigan vaziyatlardan qoçadi.
Jumladan, koronavirus boşlanganida, öz soğliğini öylab, jiddiy ihotalandi, ba’zi ma’lumotlarga köra, yerosti bunkeriga tuşib yaşadi. Ukraina uruşi boşlangaç, öz xavfsizligini öylab, taşqi dunyoga deyarli çiqmay qöydi. U uçraşadigan “xalq vakillari”, “oddiy odamlar” köpinça Rossiya maxsus xizmati xodimlari ekani ham yaxşi örganilgan.
Germaniya – Rim statutiga töliq qöşilgan, ikkinçi jahon uruşidan qattiq puşaymon yegan, ya’ni xalqaro jinoyatlar borasida Haaga sudi bilan hamkorlikdan qoçişning salbiy oqibatlarini yaxşi anglaydigan davlat sifatida köriladi. Şu holatlarni bila turib, Putinning Germaniyaga borişi – özining xavfsizligini va Germaniyaning qat’iyligini sinab körişdan boşqa narsa emas. Putin esa bunaqa masalalarda risk qilişni yoqtirmaydi.
Boşqa tomondan, Germaniya ham Vladimir Putinni taklif qilib, özini noqulay ahvolga solişni xohlamaydi. Agar taklif qilsa, unga xavfsizlik borasida, immunitet borasida va’dalar va kafolatlar berişi kerak. Qanday qilib, “agar bizga kelsangiz, biz sizni qamoqqa olişga majbur bölamiz!” deyilganidan keyin ham Putin Germaniyaga borişi mumkin?!
Qolaversa, Germaniya Rossiyaning xavfli davlat ekanini yaxşi biladi. Bu tahdidlarni Medvedev eslatişi şart emas. Haaga qidiruvidan keyin, nafaqat Germaniya, balki boşqa köplab özini va xalqaro huquqni hurmat qilgan davlatlar, Putinni öz diyorlariga taklif qilişmaydi. Bu bilan, RF prezidentining xalqaro maydonda ihotalanişi, jiddiy kuçayadi.
Misol uçun, Vladimir Putin Germaniyaga bordi ham deylik. Germaniya oldida dilemma paydo böladi. Putinni qamoqqa oliş orqali, Rossiya bilan uruş holatiga kiriş. Yoki V.Putinni qamoqqa olmaslik sababli, Haaga tribunalining ma’lum noroziliklari va tanqidlariga uçraş. Germaniya, avvalo, bunday dilemmaning oldini olgan böladi. Agar şunday tanlov paydo bölganda ham, özining manfaatlari uçun, zarari kamroğini tanlaydi. Bu, Haaga noroziligiga sababçi bölsa-da, Rossiya bilan uruşga yöl qöymaslik hisoblanadi.













