Ukraina boş prokurori Andrey Kostin Haaga şahrida Ukrainada Xalqaro jinoyat sudi (XJS) vakolatxonasini oçiş haqidagi kelişuvni imzoladi. Bitim XJS kotibi Piter Lyuis bilan imzolandi.
Kostin hujjatning imzolanişini xalqaro jinoyatlar uçun töliq javobgarlikni ta’minlaş yölidagi navbatdagi qadam deb atadi.
«Bu faqat boşlanişi, lekin yaxşi boşlaniş. Işonçim komilki, Ukrainaga qarşi sodir etilgan xalqaro jinoyatlar uçun barça aybdorlar javobgarlikka tortilmagunça, biz töxtab qolmaymiz. Şu jumladan, Rossiya jinoiy tuzumining oliy harbiy-siyosiy rahbariyati ham», dedi u.
Boş prokurorning ta’kidlaşiça, XJS va XJS prokurori Karim Xon odil sudlovni ta’minlaş uçun tinimsiz harakat qiladi.
«Biz Rossiyaning Ukrainaga qarşi jinoyatlarini tergov qiliş va jinoiy javobgarlikka tortiş böyiça hamkorlikni davom ettirişga umid qilamiz. Bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz yanada adolatli dunyoni rivojlantirişga yordam berişiga qat’iy işonaman», dedi Kostin.
Avvalroq Xalqaro jinoyat sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Bolalar huquqlari böyiça ombudsman Mariya Lvova-Belovani hibsga olişga order bergan edi. Ular ukrainalik bolalarni noqonuniy ravişda majburan deportatsiya etişda gumon qilinmoqda, bu harbiy jinoyat hisoblanadi.
Ular Rim statutini ratifikatsiya qilgan davlatlar hududida hibsga olinişi mumkin, hozirda bunday davlatlar soni 123 ta. Bir qança davlatlar, jumladan Rossiya ham XJS yurisdiksiyasini tan olmaydi.













