Tadbirda Özbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov, Vengriya taşqi işlar va savdo vaziri Peter Siyyarto, iqtisodiy rivojlaniş vaziri Marton Nad, şuningdek, keng jamoatçilik, siyosiy, işbilarmon doiralar vakillari, mahalliy OAV xodimlari iştirok etdi. 

B.Saidov öz nutqida mamlakat oçiq, pragmatik, tinçliksevar taşqi siyosat yuritayotgani, barça davlatlar bilan özaro manfaatli aloqalar rivojlanib borayotgani, xususan, Vengriya bilan hamkorlikni kengaytiriş Özbekiston taşqi siyosatining muhim yönalişlaridan biri ekanligini ta’kidladi.

Öz navbatida, Peter Siyyarto Özbekiston elçixonasining oçilişi ikki tinçliksevar mamlakatlar örtasidagi aloqalarda kuzatilayotgan ijobiy ösiş sur’atining yorqin tasdiği ekanini, elçixona faoliyati özaro hurmatga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni har jihatdan boyitişga xizmat qilişini ta’kidladi.

Elçixona binosi Budapeşt şahrining markaziy hududida joylaşgan bölib, u köhna va zamonaviy arxitektura talablarini mujassam etgan.

Bungaça Özbekistonning Avstriyadagi elçisi bir vaqtning özida Vengriyada ham elçi bölgan.

Vengriya 2016 yilda Toşkentda elçixonasini oçgan.