Kun.uz sayti 2020 yil 1 apreldan boşlab kutilayotgan ayrim özgarişlarni e'tiboringizga havola etadi.
Toşkentdan propiskasiz uy sotib oliş mumkin böladi
Prezidentning şu yil 2 martda imzolagan farmoniga asosan 2020 yil 1 apreldan boşlab Toşkent şahri va Toşkent viloyatida köçmas mulk olişda Özbekiston Respublikasi fuqarolari uçun uşbu hududlarda doimiy propiskaga ega böliş talab qilinmasligini közda tutuvçi tartib joriy etiladi.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasida doimiy yaşovçi va respublikaning boşqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda köçmas mulk oldi-sotdisi şartnomalarini rasmiylaştiriş uçun davlat bojining alohida stavkasini bekor qiliş möljallanmoqda.
Eslatib ötamiz, uşbu tartibni joriy etişni közda tutuvçi «Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliş va turgan joyi böyiça hisobga oliş tartibini yanada soddalaştiriş töğrisida»gi hukumat qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan. Muhokama şu yilning 31 martiga qadar davom etişi nazarda tutilsa, mazkur masalaning ijrosi böyiça belgilangan muddat buziladi.
Ayrim fuqaroligi bölmagan şaxslarga nisbatan Özbekiston fuqaroligini tan oliş boşlanadi
Şu yilning 13 mart kuni tasdiqlangan «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi qonun ayrim qoidalari 1 apreldan boşlab kuçga kiradi.
Jumladan, 1995 yil 1 yanvarga qadar Özbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan ötgan, çet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda uşbu Qonun kuçga kirguniga qadar fuqaroligi bölmagan şaxsga Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasi asosida yaşab turgan şaxs istak bildirgan taqdirda, Özbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi.
Ota-onasi (yolğiz otasi yoki onasi) Özbekiston Respublikasining fuqarolari deb tan olingan bola ham yuqoridagi asoslarga köra Özbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olinadi.
FXDYo organlari adliya tizimiga qaytadi
Prezidentning 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938 sonli farmoni bilan 2020 yil 1 apreldan FHDYolar adliya tizimiga, ya'ni Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga ötkaziladi.
Bunda, agentlikka FHDYo organlari işini tizimli nazorat qiliş, malakali kadrlarni tanlaş va joy-joyiga qöyiş, huquqni qöllaş amaliyotini muvofiqlaştiriş, «FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimini yuritiş va FHDYo organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik böyiça funksiyalar yuklanadi.
Eslatib ötamiz, prezidentining 2018 yil 12 iyundagi «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» PQ-3785-son qaroriga muvofiq, FHDYo organlari tumanlar (şaharlar) hokimiyatlari tasarrufiga ötkazilgan edi.
Hududlardagi 1 ming 576 nafar oğir turmuş şaroitidagi, nogironligi bölgan xotin-qizlar arzon uy-joylar bilan ta'minlanadi
Davlat dasturining 204-bandiga muvofiq, 1 aprelga qadar hududlarda oğir turmuş şaroitida yaşayotgan, nogironligi bölgan xotin-qizlar arzon uy-joylar bilan ta'minlanadi. Bunda Xotin-qizlar va oilani qöllab-quvvatlaş jamoat fondi mablağlari hisobidan uy-joylarning boşlanğiç badal tölovini quriliş kompaniyalariga ötkaziladi. Band ijrosi uçun Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi mas'ul etib belgilangan.
Onlayn davlat xizmatlarini körsatiş kengaytiriladi
Prezidentining 2020 yil 31 yanvardagi PF-5930-son farmoniga muvofiq quyidagi davlat xizmatlari 2020 yil 1 apreldan Toşkent şahrida faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali körsatiladi:

Ruhiy va Narkologiya dispanser ma'lumotnomalari Davlat xizmatlari markazlari orqali beriladi
Vazirlar Mahkamasining şu yil 10 yanvardagi «Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga ma'lumotnomalar beriş tartibini yanada soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»18-sonli qaroriga muvofiq 1 apreldan boşlab Ruhiy kasalliklar böyiça dispanser hamda Narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning hisobda turişi yoki turmasligi töğrisidagi ma'lumotnomani töğridan-töğri beriş amaliyoti bekor qilinadi.
Fuqarolarga Ruhiy kasalliklar böyiça dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turişi yoki turmasligi töğrisidagi ma'lumotnoma faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi.
Narkologiya va ruhiy kasalliklarga çalingan fuqarolar hisobi faqat elektron şaklda yuritiladi.
Ayrim tumanlarda yer uçastkalarini qişloq xöjaligi maqsadlari uçun şaffof va oçiq tanlov ötkaziş orqali ajratiş mexanizmi joriy etiladi
Prezidentning şu yil 28 yanvardagi PQ-4575-sonli qaroriga asosan 2020 yil 1 apreldan boşlab tajriba-sinov tariqasida Toşkent viloyati Qibray va Toşkent tumanlari, Farğona viloyati Farğona va Oltiariq tumanlari hamda Qaşqadaryo viloyati Kitob va Nişon tumanlarida:
- jismoniy va yuridik şaxslarga yer uçastkalarini qişloq xöjaligi maqsadlari uçun şaffof va oçiq tanlov ötkaziş orqali ajratiş mexanizmi joriy etiladi;
- jismoniy va yuridik şaxslarga keyinçalik tanlovga qöyiş böyiça taşabbus körsatiş huquqini taqdim etgan holda maxsus geoportal orqali yer uçastkasi töğrisidagi ma'lumotlarni joylaştiriş huquqi beriladi;
- qişloq xöjaligiga möljallangan yerlardan foydalaniş huquqining bozor qiymatini baholaş hamda ulardan soliqqa tortişda foydalaniş mexanizmi joriy etiladi.












