Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida mamlakat turizm salohiyatini jadal rivojlantiriş yuzasidan videoselektor yiğilişi boşlandi.

Bu borada qabul qilingan çoralar katta natijalar berişni boşlagani ta’kidlandi. 2022 yilda taşrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravarga oşdi (5,2 million, soha eksporti – 1,6 milliard dollar). 

Içki turizm dasturlari doirasida 11,5 million, şundan 1,5 million ehtiyojmand aholi, yoşlar va keksalar sayohatlari taşkil etildi. Samarqandda yangi turizm markazi barpo etilgani qöşimça 2 million sayyoh jalb qiliş imkonini berdi. 

Bu yili Butunjahon turizm taşkilotining Boş assambleyasi yiğilişini ötkazişga katta tayyorgarlik körilmoqda. Bundan taşqari, Samarqand 2023 yilgi Butunjahon turizm poytaxti maqomini olgan.