Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida mamlakat turizm salohiyatini jadal rivojlantiriş yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötyapti.
Joriy yilda viloyat hokimlari va elçilar 7 million xorijiy va 15 million içki sayyohlarni jalb qiliş, eksportni 2,5 milliard dollarga yetkaziş ustida aniq reja va majburiyat bilan işlaşlari şartligi körsatib ötildi.
Prezident topşiriğiga köra, turoperator, mehmonxona, transport korxonalari, oliygohlar vakillari bilan bir neça bor uçraşib, ularning muammolari va takliflari örganildi.
Örganişlar körsatganidek, turistlarni faol jalb qiladigan joylar haqida kontent kam, bori ham qiziqarli emas, sayyohlarni 4-5 kun olib qoladigan turpaketlar yetişmaydi. Yöl çiptalarini 3-6 oy oldindan bron qiliş, sotib olişda noaniqliklar juda köp. Muzey, teatr, madaniyat maskanlari turizm dasturlari bilan boğlanmagan, ularning işlaş vaqti ham sayyohlar talabidan kelib çiqmagan.
Davlat rahbari soha mutasaddilari şu va boşqa kamçiliklar bilan tizimli işlamayotganini tanqid qildi va keskin özgariş qilinişi zarur bölgan yönalişlarni körsatib ötdi.

















