Kegeyli tumanida bölib ötayotgan yiğilişda prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğistonda boğça, maktab, yöl, suv, elektr, oziq-ovqat ta’minotidagi kamçiliklarni ma’lum qildi. Şuning barobarida hududdagi imkoniyatlarga ham töxtalib, muammolarga yeçimlarni sanab berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Prezidentga köra, Qoraqalpoğiston Respublikasida:

- 4 ta mahallada boğça yöq, 51 ta maktabda öquvçilar soni me’yordan 2 baravar köp;
- 208 ta mahallada içimlik suvi ta’minoti yaxşi emas, qamrov 68 foiz;
- 120 kilometr magistral hamda eng serqatnov 600 kilometr içki yöllarni ta’mirlaş kerak;
- 2023 yilda 100 million kilovatt soat elektr taqçilligi kutilmoqda. Yillik ehtiyoj esa 2 milliard kilovatt.

Respublikada 168 ming tonna kartoşka, 48 ming tonna mol va parranda göşti, 90 million dona tuxum tanqisligi mavjud. 

Hududdagi mavjud imkoniyatlardan kelib çiqib prezident: “11 ta klaster va 15 ta yirik korxonalar tomonidan 6 ming kasanaçini jalb qilsa böladi. Hokim yordamçilari tayyorlagan 700 ta loyiha hisobiga, 2 ming aholini band qiliş zarur. Bunga oilaviy tadbirkorlik dasturida 950 milliard söm imtiyozli kredit, 34 milliard söm subsidiya ajratiladi. 48 ta noruda konlarga, ayniqsa, Qoraözak, Taxtaköpir, Bözatov va Möynoqdagi 11 ta istiqbolli maydonga sanoat olib kelinadi”, dedi.

Şavkat Mirziyoyev mas’ullarga yil yakuniga qadar tumanlarda 3 tadan katta sanoat loyihasini amalga oşiriş, aholiga dehqonçilik qilişga beriladigan yerlarda çorvaga ozuqa yetiştiriş uçun hozirgi 2 gektarlik maydonni 5 gektargaça kengaytiriş, meva-sabzavotçilik va çorvaçilik loyihalariga 10 million dollar yönaltiriş, 1 oktyabrga qadar Böston kanalini betonlaş işini yakunlab, 100 ming gektarda suv ta’minotini yaxşilaş topşiriğini yukladi.
 
Şuningdek, ijtimoiy yönalişlarda:

- Amudaryo, Bözatov, Çimboy, Ellikqal’a, Qonliköl, Kegeyli, Taxiatoş, Qoraözak, Xöjaylida yil yakunigaça 1 tadan 100-150 örinli boğça davlat hisobidan qurib beriladi;
- barça maktablar va şifoxonalarni ta’mirlaşga, şu jumladan, issiqlik ta’minotini qilib berişga (50 milliard söm) qöşimça mablağ ajratiladi;
- 1 maydan “Ğuzor – Buxoro – Nukus – Beynov” yölining Ellikqal’a, Törtköl, Beruniy hududidan ötgan 25 kilometrini rekonstruksiya qiliş boşlanadi;