Xalq deputatlari viloyat Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi va faollar iştirokidagi yiğilişda Xorazm viloyatiga hokim tayinlaş böyiça taşkiliy masala körib çiqildi.

“Rahimov mehnat faoliyatini Şovot tumanida boşlab, sönggi yillarda Boğot va Qöşköpir hokimi lavozimlarida işladi, qişloq xöjaligida katta tajribasi bor. Bundan uç oy oldin, Jörabek Rahimovga işonç bildirib, viloyat hokimi vazifasini bajarişni yukladik. Bu muddat Rahimovga viloyat aholisini qiynayotgan masalalarning içiga kiriş, ularni hal etişni boşlaş uçun yetarli böldi, deb hisoblayman”, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Biroq bugungi sessiyada nomzod odatdagidek deputatlar tomonidan şunçaki qöl kötarib, tasdiqlab qöyilmadi. Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Jörabek Rahimov yiğilişda viloyat imkoniyatlarini işga soliş böyiça öz taklif va rejalari taqdimotini qildi.

Taqdimotdan kelib çiqib, takliflar mahalliy deputatlar tomonidan muhokama qilindi va undan söng Jörabek Rahimov Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Jörabek Rahimov 1981 yil Xorazm viloyati Şovot tumanida tuğilgan. U Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi hisoblanadi.
 
Jörabek Rahimov ötgan 2022 yilning dekabr oyida Xorazm viloyatiga hokim vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan edi. Bundan oldin u Qöşköpir tumani hokimi lavozimida işlagan.