Rossiya jang maydonida özi kutgan muvaffaqiyatga erişa olmadi. Ukrainadagi uruş Vladimir Putin rejimining kuçi va çidamliligini sezilarli darajada pasaytirdi. Harbiy muvaffaqiyatsizliklar, köplab qurbonlar va iqtisodiy holatning yomonlaşuvi uning hokimiyatini xavf ostiga qöyişi mumkin.
Rossiya armiyasidan foydalaniş orqali Putin jamiyatda katta işonç omborini yaratgan edi. Rossiya jamoatçiligi Çeçeniston, Gruziya, Ukraina (2014 yildagi harbiy harakatlar) va Suriyada harbiy kuçlarning nisbatan muvaffaqiyatli harakatlariga guvoh bölişdi. Ötmişdagi bu harbiy amaliyotlarda oddiy aholidan heç qanday qurbonlik talab etilmagan. Rossiyaliklar Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” ham xuddi şunday bölişini kutişgandi. Biroq uruş “qisman safarbarlik”kaça borib yetdi va uruşga ketgan oddiy fuqarolar sanoqli kunlardan keyin frontda paydo böldi. Qurbonlarning oşib borişi esa, hukumatni jamoatçilik qöllab-quvvatlovidan mahrum qilişi mumkin.
Xöş, Vladimir Putindan keyingi Rossiyada sisyosiy tizim qanday şakllanadi?
Bir qança omillar Rossiyaning demokratik davlatga aylanişiga tösqinlik qilişi mumkin.
Birinçidan, imperialistik mentalitet. Rossiya insoniyat tarixidagi eng yirik imperiyalardan biri bölgan va uni tiklaş kayfiyati hali ham mavjud. Pyotr I yoki Yekaterina II hukmronligi davri ham Rossiyaning yevropalaşgan mamlakatga aylanişi yoki dvoryanlarga erkinliklar berilişi bilan emas, balki birinçi navbatda harbiy muvaffaqiyatlar va hududiy yutuqlar tufayli Rossiya tarixidagi buyuk davrlar sifatida tavsiflandi. Şu jihatdan, Gorbaçyov davridagi erkinlik va oşkoralik siyosati sobiq sovet davlati hududining muhim qismini yöqotiş fonida “unutilgan”. Aksinça, Putinning 2000-yillarda Çeçenistonni Rossiya izmida saqlab qolişi va 2014 yilda Qrimni qöşib olişdagi muvaffaqiyati uni hurmatli rahbarga aylantirdi.
Ikkinçidan, demokratiya Rossiyaning parçalanişiga olib kelişi mumkin. Çunki mamlakatdagi farqlanuvçi etnik guruhlar bir hududga töplangan va özlarining «core state» (özak davlat)lariga yaqin joylaşgan. Xususan, Turkiyaga yaqin joylaşgan hududda istiqomat qiluvçi çeçenlar yoki Xitoyga yaqin hududda yaşovçi buryut va tuvaliklar.
Uçinçidan, Rossiya tarixida töla inklyuziv institutlar heç qaçon bölmagan. Rus tarixining öziga xos xususiyatlaridan biri ham şundaki, şaxslarning roli mamlakatda muhim ahamiyat kasb etib keladi. Asrlar davomida davlat va hukmdor siymosi özaro bir-biri bilan boğlangan. Mamlakatda kollektiv birlaşmalar muhim rol öynamagan. Natijada hokimiyatning kuçli şaxsiylaştirilişi yuz bergan. Muxolifatga “sotqin”, “xalq duşmani”, “xorijiy agent” sifatida munosabatda böliş va uning ijobiy ahamiyatini mutlaq inkor etiş demokratiya örnatilişiga öziga xos tösiq vazifasini ötab keladi.












