«Xalqlar ustidan hukmronlik. 1400 yildan bizning davrimizgaça texnologiyalar, tabiat va ğarb imperializmi» kitobini yozgan Amerikaning Ruzvelt universiteti ijtimoiy fanlar va tarix böyiça faxriy professori Deniyel Hedrikning ixtisoslaşuvi imperializm xizmatida bölgan texnologiyalar bilan boğliq.
Uning nomi yuqorida zikr etilgan kitobi eng rivojlangan davlatlarning boşqa mamlakatlardan harbiy ustunlik nuqtayi nazaridan evolyutsiyasiga bağişlangan. Muallif xususan Ikkinçi jahon uruşi ğoliblari aql bovar qilmas texnologik yutuqlarga erişgan bölsa-da, alal oqibatda «qoloq» davlatlarni yerparçin qila olmaganini savol ostiga oladi: «Garçi Fransiya, sovetlar ittifoqi va Qöşma Ştatlar havo hujumidan mudofaa tizimi kuçsiz bölgan raqiblariga nisbatan havoda ustunlikka ega bölsa-da, buyuk barqudrat davlatlarga quruqlikda — toğlarda, örmonlarda, şaharlarda va botqoq joylarda qaqşatkiç zarba berilgan». Boşqa misollar qatori, Hedrik SSSR parçalanişida yetarli rolni öynagan sovet qöşinlarining Afğonistondagi mağlubiyati sabablarini tahlil qiladi. Quyida kitobning öşa bölimidagi fikrlar keltiriladi.
* * *
Bir neça tajovuzkor davlatlar öz tanasida sinab körib, tarvuzi qöltiğidan tuşganidek, Afğonistonni mahv etiş oson iş emas. Uning katta qismi ötiş qiyin bölgan toğliklardan iborat bölib, yozda jazirama issiq, qişda esa qahraton sovuq böladi. Inson istiqomat qiladigan vodiylar juda tor, toğ dovonlari esa yilning katta qismida qor bilan qoplangan böladi. Afğon qabilalari mudom bir-biri bilan jang qilib turadi, erkaklarning aksariyati yo ov, yo jang qiliş uçun qurol işlatişni biladi.
1979 yil dekabrida sovet transport uçoqlari qöşinlarni Kobul şahriga, Afğoniston kommunistik hukumatiga yordam beriş vaji ostida eltib taşlay boşlaydi. Aslida esa mamlakatni egallaş böyiça yaxşilab rejalaştirilgan kampaniya haqida gap borayotgan edi. Köp ötmasdan yettita motoöqçi va bir havo-desant diviziyalari Afğoniston çegarasini kesib ötib, yirik şaharlar va asosiy yöllarni tezlik bilan egallab oldi. Ikki yil mobaynida Afğonistondagi sovet harbiy kontingenti 110 ming kişigaça oşdi. Afğonistonga qöşni Turkmaniston, Özbekiston va Tojikistonda yana 30–40 ming odam zaxirada uşlab turilgandi.
Quruqlikdan turib keng miqyosli bosqin uyuştiriş uçun sovet armiyasi 1980 yilning martini kutdi — bu vaqtga kelib Afğoniston tuproğidagi qor qoplamining asosiy qismi eriy boşlagandi. Ötgan vaqt içida diniy qaraşlarga ega va begona bosqinçilarga nafrat hissini tuygan afğonlar qarşilik körsatişga tayyorlaniş uçun toğlarga çiqib ketgan edi.



















