“Erkin akaning otasi Çöyanbek Vohidov Oltiariq tumanida tuğilib voyaga yetgan. Onasi Roziyaxon Vohidova toşkentlik bölgan.

Ra’no Vohidova, Erkin Vohidovning amakivaççasi

Roziyaxon opaning akasi Oltiariqda advokat bölib iş boşlagan. Akasi bilan birga Oltiariqqa kelgan singlisini Çöyanbek Vohidov körib sevib qoladi. Ular turmuş qurişadi. Turmuşlaridan 3 nafar farzand tuğiladi. Keyinçalik ikki bola nobud bölib, faqat Erkin aka qolgan.

Şoir tuğilgan xonadon(Oltiariq)

Erkin akaning buvisi (mening ham buvim) Oydinxon aya nevaralari orasida Erkin akani özgaça körgan ekan.

Erkin akaning otasi Çöyanbek Vohidov harbiy xizmatdan miyasidan jarohat bilan kelib, ança azob çekkan. Boşidagi öqni oliş mumkin bölmagan. Davolaniş uçun oila Toşkentga borgan. Erkin Vohidov öşa paytda 9 yaşar bola edi. Jarohat tufayli Çöyanbek Vohidov Toşkentda vafot etgan. Oradan bir yil ötib onasi Roziyaxon Vohidova ham olamdan ötadi.

Roziyaxon Vohidova öğli Erkin Vohidov bilan

Erkin Vohidov Toşkentdagi toğasi Karimboy Sohiboyev qölida tarbiya topib, uylanib bola-çaqali böldi. Toğasi yaxşi tarbiya bergani uçun ham şu darajaga yetib kelgan.

Karimboy Sohiboyev oilasi

1967 yilda Toşkentga borib öqişga kirdim. Öz öqituvçimdan sovçi keldi. Meni turmuşga uzatişda, hayotda öz yölimni topişda Erkin Vohidovning hissasi katta böldi. Töyimda özi boş-qoş böldi. Bir söz bilan aytganda meni doim qöllab-quvvatlab turdi.