Rossiya maxsus xizmatlari armiyadan muvaffaqiyatliroq işlagan bölsa-da, nega bosqin baribir barbod böldi?
|23:33 / 02.04.202331 67916 min
Britaniya mudofaa tahlil markazi Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişda Rossiya xavfsizlik va razvedka xizmatlari armiyadan köra köproq muvaffaqiyatga erişganini ta’kidladi. «Biroq, xavfsizlik xizmatlari Rossiyaning Ukrainani bosib oliş rejasining barbod bölişiga katta hissa qöşgan fundamental kamçiliklarga ham yöl qöydi», deydi Mudofaa tadqiqotlari böyiça birlaşgan qirollik instituti (Royal United Services Institute) ekspertlari. Bu kamçiliklardan biri — Rossiya prezidentini har tomonlama xursand qiliş istagi edi.
Hisobotda aytilişiça, Rossiya razvedkasining yuqori martabali mulozimlari bosqinni 2022 yil yoziga qoldirişni tavsiya etgandi.
Royal United Services Institute (RUSI) ekspertlari tomonidan tayyorlangan «Rossiya-Ukraina uruşi davridagi Rossiyaning noan’anaviy operatsiyalaridan dastlabki saboqlar» hisobotida aytilişiça, Rossiya federal xavfsizlik xizmati (FXX) va boşqa maxsus xizmatlar puxta rejalaştiriş tufayli rus armiyasi tomonidan bosib olingan hududlarda nazoratni tezda taşkil etiş va okkupatsion tizimlarni tuzişda sezilarli muvaffaqiyatlarga erişişga muvaffaq bölgan.
Hisobot mualliflari — Jyek Uotling, Aleksandr Danilyuk va Nik Reynoldsning qayd etişiça, Moskva bosqinni rejalaştirişda Ukrainadagi rus razvedka xizmati agentlarining keng tarmoğiga tayangan.
«Biroq, şu bilan birga, asosan sovet doktrinalariga amal qiladigan Rossiya maxsus xizmatlari tuzilmalarida bir qator jiddiy kamçiliklar mavjud bölib, ular rus armiyasiga uruşdan oldingi rejalarni amalga oşirişga imkon bermagan», deydi mualliflar.
Hisobot Ukraina razvedka va xavfsizlik xizmati, huquqni muhofaza qiliş idoralari vakillari bilan ötkazilgan köplab intervyular asosida tayyorlangan. Mualliflar ular bilan uruş boşlanişidan oldin ham, keyin ham suhbatlaşgan. Tadqiqotçilar Ukrainadagi jang maydonida asirga olingan mahbuslar yoki Rossiya razvedka xizmatlari yoxud ularning hamkorlaridan olingan boşqa manbalar ma’lumotlaridan ham foydalangan.
Halollik madaniyati va Putin uçun işlaş
Hisobotda aytilişiça, Rossiya razvedka idoralariga fundamental darajada öz sa’y-harakatlarini xolis baholaş yoki heç bölmaganda ular haqida töğri xabar beriş uçun halollik yetişmaydi.
Mavzuga oid
Foto: Reuters
Maxsus xizmatlarga rejalarning hayotiyligini mustaqil baholamasdan natijaga erişiş vazifasi yuklatiladi, bu esa ofitserlar haddan taşqari optimistik bölişdan foyda köradigan halollik madaniyatini yaratadi. Bundan taşqari, muvaffaqiyatlarni börttirib körsatiş va rahbariyat oldida zaif tomonlarni yaşiriş kabi tizimli muammolar ham mavjud.
Rusça yondaşuvning yana bir zaif tomoni — uning şablonlarga asoslanganida. Aftidan, Rossiya tizimi har bir operatsiyaga individual yondaşuvni rağbatlantirmaydi. Mualliflar qayd etişiça, vaziyat reja asosida ketmayotgan şaroitda maxsus xizmatlar sovet davrida tekşiruvdan ötgan usullarga qaytadi. Uşbu usullar operatsiyaga jalb qilingan barça kuçlar böylab darhol takrorlanadi, bu esa ularni tezda aniqlaş va qarşi çoralar köriş imkonini beradi.
Maxsus xizmatlar operatsiyalarni prezident Vladimir Putinning istaklarini tuşunişlariga qarab işlab çiqişga harakat qiladi va ularning qaysi biri prezidentning xohişiga köproq mos kelsa resurslar aynan öşa bölimga köproq yönaltiriladi. Bunday içki raqobat Putinga maxsus xizmat rahbarlari va mansabdor şaxslarni mukofotlaş yoki jazolaş imkonini beradi, şu sabab ular heç qaçon özlarini butunlay xavfsiz his qilmaydi.
Mualliflar fikriça, bu dinamika ingliz tarixçisi, natsizm tadqiqotçisi Yan Kerşouning kitobidagi iboraga mos keladi. Unda Kerşou Hitler davlatining harakatlarini «Fyurer uçun işlaş» (working towards the Fuhrer) deb atagan — davlat rahbari maqsad qöyadi, davlat idoralari esa qanday vositalar sarflanişidan qat’i nazar, uni bajarişga intiladi.
Bu esa turli tahlillarning işonçliligiga putur yetkazadi: qoida tariqasida, kelajakdagi muvaffaqiyatlar börttiriladi va muvaffaqiyatsizliklar esa duşmanning harakatlari kölami bilan boğlanadi.
«Xulosa qilib aytganda, Rossiya maxsus xizmatlari Ukrainada muvaffaqiyatsizlikka uçragan bölsa-da, bu ularning kelajakda Rossiya davlatining kuç asosidagi boşqaruvida markaziy örinni egallaşiga xalaqit berişi dargumon va ularga qarşi kuraş muhim ahamiyat kasb etib qolaveradi», deya ta’kidlaydi hisobot mualliflari.
Agentura — operatsiya qanday tayyorlangan
Operatsiyaning asosiy mexanizmi sifatida Rossiya harbiylari Ukrainadagi içki beqarorlik va tartibsizlikka tayandi. Bu mexanizm Ukraina qömondonlik va nazorat tizimini işdan çiqarişi, davlat institutlariga bölgan işonçni susaytirişi, mamlakat barqarorligini izdan çiqarişi va Ukrainaga xalqaro hamkorlar tomonidan beriladigan yordamni minimallaştirişi kerak edi.
«Moskva Ukraina bunday şaroitda jiddiy qarşilik körsatmasligiga işondi, buni operatsiyaning birinçi bosqiçidagi logistika muammolari ham tasdiqlaydi. Rejalaştiruvçilarning kiçik guruhi 2014 yilgi Qrim operatsiyasi muvaffaqiyatini takrorlaşga urindi. Bu operatsiya ham harbiy nuqtayi nazardan heç qanday ma’noga ega bölmagan va Ukraina tomonidan harbiy qarşilik körsatilmasligiga işonç asosida rejalaştirilgan edi», deya yozadi hisobot mualliflari.
Myunxenda ötgan yili Yevropaning «Arian» raketa loyihasida işlagan rossiyalik tadqiqotçi ustidan sud jarayoni boşlandi: uni Rossiya foydasiga josuslik qilişda ayblaşgan.
Mualliflar fikriça, FXX bosqinni rejalaştirişda faol iştirok etgan. Taxminlarga köra, ularga 2021 yil iyul oyida Ukrainani bosib oliş rejasini tayyorlaş vazifasi topşirilgan. Bu FXXning keng qamrovli agenturasini qayta öqitişni talab etgan, şuning uçun 2021 yil kuzida Ukrainadagi rus agentlari qisqa muddatli ta’til bilan Turkiya, Kipr va Misr kurortlariga borişni boşlagan va u yerda öz kuratorlari bilan uçraşgan.
Hisobot mualliflari Rossiya maxsus xizmatlarining iş usullariga katta e’tibor berib, ular Rossiyadan yuboriluvçi agentlar işini kamaytirişni, buning örniga öz tizimlariga joylardan josus yollaşni afzal körişini ta’kidlagan.
«Agar bu odamlar butun mamlakat miqyosida siyosiy, iqtisodiy yoki byurokratik mavqega ega bölsa, ular odamlarni Rossiya agenti sifatida emas, balki öz şaxsiy mijozlari sifatida yollaşi mumkin va bu odamlar özlari bilmagan holda Rossiya manfaatlariga xizmat qila boşlaydi. Bu boşqa bayroq ostida josuslikka yollaşning bir turi bölib, bunda agent unga öz mamlakati amaldori tomonidan topşiriq berilayotganiga işonadi», deyiladi hisobotda.
«Ukraina holatida bu rolni önlab yillar davomida Rossiya maxsus xizmatlariga aloqador bölib kelgan bir qança yuqori martabali amaldorlar va siyosatçilar bajargan», deya qayd etiladi hisobotda.
Rossiya maxsus xizmatlari agentlari Ukrainada, jumladan, Ukraina razvedka hamjamiyati, huquqni muhofaza qiliş idoralari, boşqa davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat taşkilotlari va jinoiy tuzilmalarda içki beqarorlik paydo qilişga uringan.
Ukraina hukumatida yuqori lavozimlarni egallagan Rossiya agentlari özlarining yirik apparatlariga ega bölib, ulardan turli maqsadlarda — naqd pul ötkazişdan tortib xavfsiz kvartiralarni taşkil qilişgaça bölgan vazifalarni bajarişda foydalangan. Uşbu pastki qatlamdagi agentlar orasida Rossiyaga sodiq ukrainaliklar ham, jinoiy guruhlardan bölgan oddiy, pulga yollanuvçi agentlar ham bölgan.
Garçi bu apparat bosqin rejasi uçun unçalik katta ahamiyat kasb etmagan bölsa-da, ruslarning bosib olingan hududlardagi harakatlari uçun juda muhim bölib çiqdi.
Mualliflar, şuningdek, rus pravoslav çerkovi Rossiyaga sodiq agentlarni mafkuraviy qöllab-quvvatlovçi yagona organ sifatida muhimligini ta’kidlaydi. Davlat va diniy muassasalar örtasidagi munosabatlar juda nozik masala bölgani sababli, hatto bosqindan keyin ham Ukraina hukumati Rossiyani qöllab-quvvatlovçi apparatning uşbu qismi işini darhol çeklay olmadi.
Rossiya agentlari, şuningdek, keng kölamli norozilik harakatlarini ham qözğatişi kerak edi. Bu reja nafaqat provokatsiyalarni, balki Ukraina oliy rahbariyatiga ta’sir ötkaziş va ularni NATOga qöşiliş kursidan voz keçişga va bosqin arafasida neytral pozitsiyani egallaşga majburlaşga urinişlarni ham öz içiga olgan. Rossiya maxsus xizmatlari rejasiga köra, bu 2014 yildagi «Maydan inqilobi»ga öxşaş ommaviy noroziliklarni keltirib çiqarişi va xavfsizlik kuçlari hamda harbiy qömondonlikni falaj qilib, mamlakatni beqarorlaştirişga yordam berişi kerak edi.
Biroq bu rejalarning heç biri amalga oşmadi.
Rejalaştirişdagi xatolar
Hisobot mualliflari qayd etişiça, Rossiya razvedkasining yuqori martabali amaldorlari Ukrainaga bosqinni 2022 yil yoziga qoldirişni tavsiya qilgan. Ular tezkor ğalaba qozoniş uçun yetarli şart-şaroitlar hali şakllanmaganini ta’kidlagan. Biroq, Kremldagilar Ukraina siyosatini yaxşi tuşunişlariga işongani uçun Moskva harakat qilişga qaror qilgan.
Ehtimol, bu qaraşni Moskvada yaşovçi Ukrainaning sobiq yuqori martabali amaldorlari ham mustahkamlagan. Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) ma’lumotlariga köra, Yanukoviç rejimining quyidagi vakillari Rossiya maxsus xizmatlari bilan muntazam hamkorlik qiladi: sobiq mudofaa vaziri Pavel Lebedev, UXX sobiq rahbari Aleksandr Yakimenko, sobiq içki işlar vaziri Vitaliy Zaxarçenko va prezident ma’muriyatining sobiq rahbari Andrey Klyuyev.
Hisobot mualliflari şoşilinç va töliq tayyorlanmagan bosqinni rus agentlarining öz ta’sir darajasini yuqori baholagani hamda maxsus xizmatlar topşiriqlarni bajarişni real tahlil qiliş imkoniga ega bölmasdan, aniq muddatli buyruqlar asosida amalga oşirganiga isbot sifatida keltiradi. Mualliflar uşbu buyruqlarga rioya qilişning institutsional madaniyatini Ukrainaga bostirib kirişning dastlabki rejalari muvaffaqiyatsizlikka uçraşining asosiy sabablaridan biri deya hisoblagan.
Britan maxsus xizmatlariga köra, Putin heç qanday harbiy tajribaga ega bölmagan jangçilar uçun qisman safarbarlik e’lon qilişi - Rossiya armiyasidagi umidsiz ahvoldan darak beradi. Foto: ANADOLU AGENCY
Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan yaratilgan tarmoqlar aslida boşqa topşiriqlarni bajariş uçun tuzilgan bölib, ular uzoq davom etuvçi uruş şaroitida foydalaniş uçun yaroqsiz bölib çiqdi. Bundan taşqari, tinç aholiga qarşi jinoyatlar nafaqat oddiy ukrainaliklar, balki rossiyaparast taşkilotlar vakillarining ham Rossiyaga nisbatan munosabatini özgartirdi.
Garçi Kiyevning töliq taslim bölişi Moskva uçun ma’qul bölgan bölsa-da, Rossiya Ukrainani aslida alohida izolyatsiya qilingan ukrain bölinmalarining taslim bölişi orqali markaziy davlat apparatini falaj qilib, bosib olişga umid qilgan.
«Ruslar, aftidan, özlarining «yuqoridan pastga» boşqaruv madaniyati Ukrainada ham mavjud deb yanglişgan», deya qayd etiladi hisobotda.
Ular nimani uddaladi: bosib olingan hududlarni nazorat qilişni
Biroq, Ukrainadagi voqealar butunlay boşqaça ssenariy böyiça rivojlanganiga qaramay, Rossiya rejalarini butunlay xato deb hisoblaş notöğri, deb hisoblaydi hisobot mualliflari. Ruslar bosib olingan hududlarda yetarli miqdordagi kollaboratsionistlar yordamida aholini nazorat qiliş va kontrrazvedka apparatini boşqariş mumkinligini körsatdi.
Okkupatsion ma’muriyatlar va garnizonlar faoliyatiga uruşdan oldin Rossiya maxsus xizmatlari agentligiga yollangan mahalliy huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari va davlat xizmatçilari yordam berdi. Uruşdan oldingi ba’zi rejalarga köra, bu odamlar mahalliy hokimiyatlarni egallab, keyin ularni ruslarga topşirişi kerak edi. Amalda esa, Rossiya bu uçun juda kam agentlar yollangan.
Misol uçun, Xarkiv oblastining bosib olingan hududlarida aniqlangan 800 nafar rus agentlarining aksariyati mahalliy hokimiyat organlaridagi kiçik amaldorlar edi. Mahalliy huquq-tartibot idoralari xodimlaridan esa kamida yuz kişi ruslar bilan hamkorlik qilgan.
Biroq, FXX rejalari köpçilik yoki hatto aholining katta qismi bosqinni mamnuniyat bilan qabul qilişini közda tutmagan. Rejalaştirişda Çeçeniston tajribasiga asoslanib, okkupatsion rejim samarali bölişi uçun aholining 8 foizi ixtiyoriy ravişda yoki bosim ostida Rossiya bilan hamkorlik qilişi kifoya deb taxmin qilingan.
«Darvoqe, Ukraina razvedkaçilari ruslar bosib olgan hududlardagi vaziyatni tahlil qilib, umuman olganda, FXXning uşbu baholaşi töğri bölgan degan xulosaga keldi», deyiladi hisobotda.
Hisobot mualliflari ta’kidlaşiça, Rossiya noan’anaviy uruş potensialining yana bir kuçli tomoni bosib olingan hududlardagi qarşilik harakatlarini bostirişning tizimli metodologiyasidir. Çeçeniston tajribasi şuni körsatadiki, qarşilikni töliq bostiriş uçun bir neça avlod kerak bölişi mumkin, ammo bu qarşilik harakati Rossiya pozitsiyasiga jiddiy tahdid soladi degani emas.
Rossiya kuçlari nazorati ostidagi şaharlarda okkupatsion ma’muriyat dökonlarni, oziq-ovqat taqsimotini va xizmatlarni nazorat qilgan. Uşbu xizmatlarga kiriş nafaqat muxolifatni tor-mor etiş, balki hamkorlikni rağbatlantiriş uçun yana bir riçagdir.
Hisobot mualliflari, şuningdek, Rossiya maxsus xizmatlarining raqamli texnologiyalardan foydalanişdagi muvaffaqiyatini ham qayd etadi. Ruslar raqamli texnologiyalar yordamida özlari bosib olgan hududlar aholisining töliq ma’lumotlar bazasi yaratdi — kim qayerda yaşayapti, qayerda işlayapti, Ukraina huquq-tartibot idoralari bilan aloqalari bormi, qarindoşlari qayerda yaşaydi hamda işlaydi va hokazo. Maxsus xizmatlar, agar iloji bölsa, ularni yöq qiliş yoki namoyişkorona sud qiliş uçun qölga oliş maqsadida Ukraina hukumatining yuqori martabali tarafdorlarining keng röyxatini tuzdi.
Köplab maxsus xizmat xodimlar raqamli şaklda uşbu ma’lumotlarga kiriş huquqiga ega böldi, bu esa bosqinga qarşilik körsatuvçilarga, masalan, ularning oila a’zolariga tahdid soliş orqali bosim ötkazişga yordam berdi.
Tizimli kamçiliklar
«Uruşning noan’anaviy usullariga rusça yondaşuv barça afzalliklari bilan bir qatorda aniq, tizimli kamçiliklarga ham ega», deydi hisobot mualliflari.
Xususan, öz tarmoqlariga ega va ularni boşqaruvçi oz sonli elita agentlarga tayaniş tendensiyasi, bu agentlarning yöq qilinişi Rossiyaning razvedka salohiyatiga jiddiy ta’sir körsatişini anglatadi.
Front çiziğini razvedka qiliş va nişonni belgilaş borasida esa, yaxşi ma’lumot töplaş qobiliyatiga qaramay, razvedka ma’lumotlarini qayta işlaşning murakkab sxemasi nişonlarning paydo bölişi va bu nişonlarga zarba beriş örtasidagi sezilarli keçikişga olib keladi. Qoidaga köra, bu kamida bir kunni talab qiladi va masalan, zarba dengizdan uçiriluvçi «Kalibr» raketalari bilan berilganda hatto undan ham köproq vaqt ketkaziladi.
«Bundan taşqari, Rossiya tomonidan yöq qilingan nişonlarning ba’zilari köp yillar oldingi harbiy nişonlar bölib, buni razvedkaçilarning aktual razvedka ma’lumotlari bölmasa ham nişonlarni yaratiş istagi sifatida talqin qiliş mumkin», deydi mualliflar.
Hisobotda tasvirlangan tahdidlar — yuqori darajadagi amaldorlarni josuslikka yollaş va qöllab-quvvatlaş apparatini yaratiş — bu faqatgina Ukrainaning muammosi emas. Yaqinda nemis razvedkasining rossiyalik agentlarni hibsga olişi va Moskvaning Moldovadagi vaziyatni beqarorlaştirişga qaratilgan yangi urinişlari boşqalarni ham sergaklantirişi kerak.