Xorazm viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Bahrom Qurbonov lavozimini tark etdi.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, Siroj Bozor öğli Bekçanov Xorazm viloyati hokimining quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.
S.Bekçanov muqaddam Xonqa tumani hokimining kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari bölgan, sönggi vaqtlarda Bahrom Qurbonovning kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
2017-2020 yillarda «Özşaharqurilişinvest» injinering kompaniyasida işlagan, jumladan boş direktor birinçi örinbosari bölgan Bahrom Qurbonov 2020 yil martida Xorazm viloyati hokimining birinçi örinbosari etib tayinlangandi.
2020 yil dekabrida Qurbonov bilan boğliq manfaatlar töqnaşuvi haqida xabar berilgandi. Bu haqda Davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlarga tayanib xabar bergan Davletovuz kanaliga köra, hokim örinbosarining ukasi Uluğbek Qurbonovga tegişli kompaniya 20 mlrd sömlik davlat buyurtmasini yutgan, bunda Bahrom Qurbonov tender komissiyasi raisi bölgan.
Keyinroq, 2021 yil yanvarida Aksilkorrupsiya agentligi bu holat böyiça prokuraturaga sörov kiritilganini xabar qilgandi. Ammo keyin bu iş natijasi böyiça ma’lumot berilmagandi.







