Xorazmda viloyat hokimi örinbosarining ukasiga tegişli kompaniya 20 mlrd sömlik davlat buyurtmasini yutgani, hokim örinbosari Bahrom Qurbonov özi esa tender komissiyasi raisi bölgani ma'lum qilingan edi.
18 yanvar kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Xorazm viloyati hokimligi yagona buyurtmaçi IK tomonidan 2020 yilda ötkazilgan bu tender savdolarining qonunlarga mosligi örganib çiqilganini ma'lum qildi.
Bildirilişiça, Xorazm viloyati hokimining 2020 yil 21 fevraldagi qarori bilan tender komissiyasi tarkibi tasdiqlangan bölib, komissiya raisi sifatida viloyat hokimining qurilish böyiça örinbosari B.Qurbonov, komissiya raisi örinbosari sifatida hokimlik huzuridagi yagona buyurtmaçi IK direktori Q.Rahimov belgilangan.
Boşlanğiç narxi qariyb 20,4 milliard söm «Urganch şahridagi perinatal markazini rekonstruksiya qiliş» obekti böyiça «BUNYODKOR» MÇJ, «URGANCH QURILISH BETON» MÇJ va «IRDIMZON QURILISH» xususiy korxonasi ofertalar taqdim qilgan.
2020 yil 23 iyun kungi bayonnomaga köra, «BUNYODKOR» MÇJ qariyb 20,2 milliard söm taklif qilgan holda tender ğolibi bölgan.
Ma'lum bölişiça, 11 iyun va 23 iyun kunlari ötkazilgan tender savdo yiğilişlarida, komissiya raisi (B.Qurbonov) va uning örinbosari (Q.Rahimov) aslida iştirok etmagan bölsa-da, mazkur yiğiliş bayonnomalarini imzolab tasdiqlagan.
Şuningdek, örganiş jarayonida «BUNYODKOR» MÇJning ta'sisçisi Uluğbek Şaripoviç Qurbonov Xorazm viloyati hokimining qurilish böyiça örinbosari – tender komissiyasi raisi Bahrom Şaripoviç Qurbonovning tuğişgan ukasi ekani tasdiqlangan.
Bu – «Davlat xaridlari töğrisida»gi 472-sonli qonunning 5-, 19-, 39– moddalariga zid.
Bundan taşqari, viloyat hokimligining 2020 yil 11 iyundagi farmoyişiga köra, soğliqni saqlaş obektlarini foydalanişga qabul qiliş hududiy davlat komissiyasi tarkibida B.Ş.Qurbonov hududiy davlat qabul hay'ati raisi sifatida belgilangan.
«Kelgusida, Urganch şahridagi perinatal markazini rekonstruksiya qiliş obektida qurilish va ta'mirlaş işlari yakunlangaç, mazkur obektni foydalanişga qabul qiliş jarayonida, turli qonunbuzilişlarning oldini oliş maqsadida mazkur obektni qabul qilişda B.Ş.Qurbonovning davlat qabul hay'ati raisi sifatida faoliyat yuritiş masalasini körib çiqiş maqsadga muvofiq»









