Yakunlanayotgan hafta özbekistonlik faollar, ayniqsa öz fikriga ega yoşlarning rus propagandasiga qarşi kampaniyasi bilan yodda qoladigan böldi. Ular e’lon qilgan boykot sabab, Ozarboyjon va Qozoğistondan quvilgan Z-artistlar endi Özbekistonda ham qabul qilinmasligi mumkin.

Önlab rossiyalik qöşiqçilarni jamlaydigan “Jara” festivalining ötgan yili Boku va Olmaotada bölişi belgilangan konsertlari jamoatçilik qarşiligi sababli bekor qilingan edi. Bunga sabab – festival iştirokçisi bölgan bir qator qöşiqçilar Rossiyaning Ukraina hududlarini bosib olişini oçiq qöllab-quvvatlagan. Festival asosçilaridan biri, Ğarb sanksiyalari ostidagi Grigoriy Leps doimiy ravişda Putin iştirokidagi Z-şoularda qatnaşib keladi, u Donbassda konsert ham bergan.

Toşkentdagi festival 20-21 may kunlari “Yangi Özbekiston” boğida bölib ötişi e’lon qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda norozilik harakati boşlangaç, yarim-rasmiy manbalarda konsert noma’lum muddatga qoldirilişi ma’lum qilindi. Lekin buni heç qaysi davlat idorasi tasdiqlay olmayapti: Kun.uz boğlangan Madaniyat vazirligi, “Özbekkonsert”, Toşkent şahar hokimligi, şahar içki işlar boş boşqarmasi kabi davlat organlarining heç qaysisi aniq gap ayta olmadi. Lekin bu gap-sözlar fonida “Jara” uçun çipta sotayotgan iticket.uz sayti konsert bekor qilinmaganini aytib çiqdi. 1 aprel holatiga ham, saytda çiptalar sotuvi davom etyapti.

Umuman, voqealar rivojidan uruşni qöllovçilarga sahna beriş masalasi xuddi ikki tomon örtasida savdolaşilayotganga öxşaydi. Özbekistonliklar e’tiroz bildira boşlaganidan keyin, konsert afişasidan uruşni oqlovçi ayrim aşulaçilar, xususan Grigoriy Leps, Dima Bilan va Lolita olib taşlandi. Ma’lumot uçun, 1 hafta oldin Leps Toşkentdagi konsertda iştirok etişini aytib videomurojaat yöllagan edi.

Şunga öxşaş savdolaşuv, aftidan, Qozoğistonda ham bölgan. Taşkilotçilar ötgan yili Bokuda konsert beriş böyiça Ozarboyjon rasmiylaridan rad javobini olgaç