Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks yangi 197-7-modda bilan töldirilib, unda tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga tösqinlik qiliş yoki şu maqsadda tibbiyot xodimiga turli şaklda qonunga xilof ravişda ta’sir ötkaziş uçun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Mazkur qilmiş uçun fuqarolarga – 1,5 mln sömdan 2,1 mln sömgaça (bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravaridan 7 baravarigaça), mansabdor şaxslarga esa 2,1 mln sömdan 3 mln sömgaça (7 baravardan 10 baravargaça) jarima yoki 15 sutkagaça ma’muriy qamoq tarzidagi jazo belgilandi.

Bundan oldin pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilganlik uçun alohida jinoiy javobgarlik belgilangandi.

Pedagog xodimni mehnatga biron-bir şaklda ma’muriy tarzda majburlaş uçun, agar xuddi şunday qilmiş uçun ma’muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa, 45 mln sömdan 60 mln sömgaça jarima yoki 3 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş yoxud 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari jazosi belgilandi.

Ta’lim taşkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşiş yoki öz xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qiliş uçun ham ma’muriy javobgarlik kuçaytirildi. Endilikda bu qilmiş uçun fuqarolarga 2,1 mln sömdan 4,5 mln sömgaça jarima, mansabdor şaxslarga esa 3 mln sömdan 6 mln sömgaça jarima belgilanmoqda.