2023 yilning 1 yanvar holatiga Özbekistonning davlat qarzi 29,2 mlrd dollarga yetdi. Bu – mamlakat tarixidagi eng yuqori körsatkiçdir.
Davlat qarzi 2022 yil 3-çoragiga nisbatan 3,1 mlrd dollarga köpaygan, YaIMga nisbatan uluşi ham 2,3 foizga oşib 34,1 foizdan 36,4 foizga yetgan. Taqqoslaş uçun, 2022 yilning 1 oktabr holatiga davlat qarzi 26,2 mlrd dollarni taşkil etgan.

Davlat qarzining umumiy miqdori yildan yilga oşayotgan bölsa-da, uning yalpi içki mahsulotga nisbatan uluşi 2020 yildan keyingi davrda kamaygan.
Jahon banki (JB) prognozlariga köra, Özbekiston hukumati özining qarz oliş çeklovlariga rioya qilişda davom etişi kutilmoqda. Davlat qarzi va umumiy taşqi qarz 2024 yil oxiriga kelib YaIMning mos ravişda 32 va 55 foizigaça bosqiçma-bosqiç kamayişi mumkin.
Nega davlat taşqi qarzi keskin oşdi?
Birinçidan, Özbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş kölami doimo ösib boruvçi xarakterga ega. Bu kabi vazifalarni amalga oşiriş uçun davlatda 2 ta muqobil yeçim mavjud: soliqlarni oşiriş yoki taşqi qarz va investitsiya mablağlarini jalb qiliş.
Soliqlarni oşiriş istiqbolda iqtisodiyotni rivojlantiriş rağbatlariga putur yetkazişi hisobga olinsa, köplab rivojlangan davlatlar ikkinçi yölni tanlaşni afzal körişadi.
Ikkinçidan, kovid va postkovid davri dunyoning köplab mamlakatlarida taşqi qarz ösişiga olib keldi. Xususan, uşbu omillar ta’sirida 2020 yilda qarz jalb qiliş miqdori keskin oşganini (17,8 mlrd dollardan 23,4 mlrd dollarga) köriş mumkin.
Uçinçidan, davlat budjeti taqçilligining oşib borayotgani. 2022 yilda uşbu körsatkiç YaIMning 3,9 foizini yoki qariyb 35 trln söm taşkil etdi.
2023 yilda Özbekiston nomidan va kafolati ostida taşqi qarzlarni jalb qiliş böyiça yillik imzolanadigan bitimlarning umumiy qiymati 4,5 mlrd dollarni taşkil qilişi, şundan davlat budjetini qöllab-quvvatlaş, budjet taqçilligi uçun 2 mlrd (bu ötgan yilga nisbatan 500 mlrd dollarga kam), investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun esa 2,5 mlrd dollar (bu ötgan yilga nisbatan 500 mln dollar köp) jalb qilinişi belgilangan.












