Toşkentda 248 nafar fuqaroga avtomaşina olib berişni va’da qilib, 12 mlrd söm olgan UzAvto Premium va Avto A’lo Group MT kompaniyalari rahbarlariga nisbatan sud hukmi öqildi. Sönggi sud majlisi panjara ortidagi ayblanuvçilar va jabrlanuvçilar örtasidagi janjalga aylanib ketdi.
Salkam bir yil davom etgan sud jarayonida jabrlanuvçilar UzAvto Premium va Avto A’lo Group MT kompaniyalari ularga qisqa muddatda Cobalt, Nexia-3, Gentra, Malibu va Isuzu avtomobillarini yetkazib berişni va’da qilişgani, biroq oradan ikki yil ötsa hamki, va’dasini bajarmaganini bildirişgan.
Sud majlisidan tayyorlangan Sevimli telekanalining Zamon dasturi reportajida ayblanuvçilar va jabrlanuvçilarning sud binosidagi uçraşuvi katta janjalga aylanib ketganini köriş mumkin.
Telereportajda sud jarayonida fuqarolarning aldanişiga sababçi bölgan kompaniyalardan birida menejyer bölib işlagan ayblanuvçilardan biri maxsus saqlaniş xonasining panjaralariga özini urib, baqirgani, u hattoki özini tinçlantirmoqçi bölgan xodimlarga ham böysunmagani, bu vaqtda bir qança jabrlanuvçilar unga yaqinlaşişga urinişgani, ammo huquq-tartibot xodimlari bunga imkon berişmagani körinadi.
“Maşinalarimiz bor. Ikki haftada olib çiqib beramiz deb va’da berişgandi. Lekin hali heç birimiz maşina olganimiz yöq”, deydi jabrlanuvçilardan biri.
Qayd etilişiça, mijozlar pulni bank orqali kompaniya hisobiga ötkazişgan. Sudlanuvçilar pullarni kompaniyaning korporativ kartasi orqali naqdlaştirib olişgan. Aholidan kredit evaziga beriladigan avtomobillarning boşlanğiç tölovi sifatida pullarni yiğib olgaç, kompaniya vakillari dom-daraksiz ğoyib bölişadi.
Sud hukmi bilan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a,v” bandlari, 228-moddasi (Hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) 2-qismi “a,b” bandlari va 243-moddasi












