Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida turizm salohiyatini rivojlantiriş yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötyapti.
Yiğiliş davomida mamlakatda hozirgi turizm mavsumi qisqaligi, uni uzaytiriş böyiça salohiyat juda katta ekani ta’kidlandi.
Toşkent, Jizzax viloyatlarida qişki mavsumda – toqqa çiqiş, çanği uçiş maydonlarini, Andijon, Samarqand, Qaşqadaryo, Navoiy viloyatlari va Toşkent şahrida yozgi mavsumda – çömiliş maskanlarini taşkil etib, turistik mavsumga yana ikki oy qöşiş mumkin.
Şu munosabat bilan tegişli vazirliklar va mutasaddilarga festival va madaniyat tadbirlarini köpaytiriş, qişki, ekologik turizmni rivojlantiriş, qöriqxona, tabiat boğlari va tabiat yodgorliklari imkoniyatidan foydalaniş böyiça topşiriqlar berildi.
Içki turizm böyiça muallimlar va tibbiyot xodimlari uçun alohida dasturni tasdiqlab, ularning respublika böylab sayohati va dam olişlarini taşkil qilişni boşlaş topşirildi.
Bu yil mamlakatning boy madaniyati va turistik salohiyatini jahonga tarğib qiliş yili bölişi kerakligi ta’kidlandi. Buning uçun 100 milliard söm ajratildi.
“Özbekiston taşrif qoğozi”ni işlab çiqib, turizm brendini yangilaş, xorijiy telekanallarda “Özbekiston taşrif qoğozi”ni efirga uzatiş, AQŞ, Xitoy, Arab davlatlari, Yaponiya, Koreya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Malayziya, Rossiya, Qozoğiston kabi mamlakatlarning yirik şaharlari gavjum köçalaridagi ekranlarda “Özbekiston turizm brendi” haqidagi ma’lumotlarni joylaştiriş, milliardlik obunaçilari bor internet platformalarida Özbekiston haqidagi reklama roliklarini köpaytiriş topşirildi.












