O‘zi nima gap?
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar hamda viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilangan, jumladan, poytaxtdagi Kichik halqa yo‘li ichida joylashgan ko‘chalarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrga kamaytirilgandi.
Aslida tezlikni kamaytirish Shavkat Mirziyoyevdan chiqqan g‘oya. Prezident shu yil fevral oyida Samarqand shahriga qilgan tashrifida shunday taklifni o‘rtaga tashlagan edi.
“Yaqinda Toshkentda tezlik ko‘pi bilan 60 km/soatgacha belgilangani haqida qaror chiqadi”, — degan edi o‘shanda Sh.Mirziyoyev.
Davlat rahbari Toshkent shahri va boshqa yirik shaharlarning markaziy ko‘chalarida tezlik limiti oqilona, ilmiy yondashuv asosida o‘rnatilishi kerakligini ta’kidlagan edi. Ko‘chalarda harakatlanish haydovchilar uchun ham, piyodalar uchun ham qulay bo‘lishi kerak, — degan edi Mirziyoyev.
Ma’lumki, aholi punktlarida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining aksariyat qismi belgilangan tezlikni oshirish natijasida kelib chiqadi.
Dunyoning ko‘plab shaharlarida tezlik 40-50 km/soat qilib belgilangan. Uzoqqa bormaylik. Yon qo‘shnimiz Qozog‘istonning eski poytaxti Almati shahri ko‘plab ko‘chalarida 60 km/soat, markaziy ko‘chalarda tezlik hattoki 40 km/soat qilib belgilangan.
“Almati shahrini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi”ga ko‘ra, shaharning magistral va mahalliy ko‘chalarida tezlikni 60 va 40 km soatdan 50 va 30 km/soatgacha tushirish ko‘zda tutilgan.
Rossiya poytaxti Moskva shahrida ham markaziy ko‘chalarda tezlik 50 km/soat qilib belgilanishi, ayrim ko‘chalarda 30 km/soat qilinishi










