15% chegirma 21 aprelga qadar Mirabad Avenue rezidensiyasidagi barcha xonadonlar uchun amal qiladi. Bu imtiyozli shartlarda yuqori darajadagi ko‘chmas mulk sotib olish uchun ajoyib imkoniyat.
Sotib olish mumkin bo‘lgan xonadonlar soni cheklangan — rezidensiyada sotuvning yakuniy bosqichi allaqachon e’lon qilingan. O‘zingiz uchun ideal xonadon rejasini toping!

Barcha mavjud xonadon rejalari bilan mirabad.uz sayti yoki savdo ofisida tanishishingiz mumkin.

Ayni paytda uchinchi bosqich A va B bloklarida xonadonlar sotilmoqda. Qurilayotgan uylarda 9 va 12 qavatli uylarning asosi qurib bitkazildi, fasad ishlari boshlandi. Shu bilan birga, A blokidagi xonadonlar 60 foizga, B blokidagi xonadonlar esa 85 foizga sotilgan.
Birinchi bosqich C blokidagi 418ta xonadonning so‘nggisi qoldi. Ikkinchi bosqich (276 xonadon) to‘liq sotib bo‘lingan.

Mirabad Avenue hududida aholining qulayligi uchun quyidagilar mavjud:
- dam olish joylari, bolalar maydonchalari, suv havzalari va obodonlashtirilgan xususiy hovli-bog‘lar;
- lyuks brendlarga ega shoping-avenyu;
- 32ta muassasaga mo‘ljallangan restoranlar va qahvaxonalar bulvari;
- mehmonxona tipidagi lobbi va konserj xizmati;
- davlat raqamlarini aniqlash tizimiga ega ikki darajali avtoturargoh va rezidensiya mehmonlari uchun alohida avtoturargoh;
- 24 soatlik xavfsizlik va video kuzatuv.

Nyu-Yorkning eng mashhur va obro‘li ko‘chasi - Beshinchi avenyu muhitidan ilhomlangan rezidensiya infratuzilmasi alohida e’tiborga loyiqdir.

















