«Öyin olamining monstrlari» – ASUS taqdim qilgan ROG seriyasini aynan şunday tavsiflasa böladi, zero unda doim geyming uçun eng sara yeçimlar mujassam bölgan. Professional öyinçilar va havaskorlar öz qurilmalarini maksimal darajada özgartiriş va yangilaş uçun har yili brendning yangi mahsulotlarini intiqlik bilan kutişadi.

2023 yilda ROG brendi navbatdagi marta segmentda öz kuçini namoyiş qilmoqda. Brend taqdim qilgan yangi flagmanni heç tortinmay öyin noutbuklari qiroli deb ataş mumkin: ASUS ROG Strix Scar 18 segment uçun juda katta displeyga ega. Öyin qurilmalari ixlosmandlari bu yangilikdan bağoyat xursand bölişlari aniq.

ROG Strix SCAR 18 bu – mukammal öyin uçun möljallangan noutbuk bölib, undagi baquvvat tarkibiy qismlar heç şubhasiz barçani lol qoldira oladi. Yangilangan dizayn, muvozanatlaştirilgan displey, quvvat jihatidan yaxşilangan sovitiş tizimi va eng sönggi apparat konfiguratsiyasi – bularning hammasi haqida materialda ASUS birma-bir gapirib berdi.

An’anaviy, ammo özgaça universal dizayn

Strix Scar yangilangan versiyasi uçun işlab çiqaruvçi oldingi versiyalardan farq qiladigan mutlaqo yangi dizaynni yaratdi, şu bilan birga butun seriyaning öziga xos jihatlarini saqlab qoldi. Bu qora sirt, köpçilikka taniş logo, korpusning puxta işlangan burçaklari va «kepka» körinişidagi mayda detal Armor Cap bölib, uni xohişga köra özgartiriş mumkin.

ROG Strix SCAR 18 qopqoği qora anodlangan sirtli va seriyaning katta logotipi aks etgan alyumin qotişmasidan yaratilgan. ASUS dizayn va öyin unsurlariga katta e’tibor berdi va noutbuk asosining old qismi osti va orqa tomonida şamollatiş teşiklari ustidan yonuvçi ramkani ötkazdi. Bunda model yanada çiroyli körinişga ega böldi. Yoqilgan RGB-yoritgiçi Strix SCAR 18 modeliga ma’lum ma’noda jiddiylik tusini bergani uni işda yoki öqişda qöllaş uçun moslaştirdi.

Strix SCAR 18 ança maqbul gabaritlarga ega. 18 dyuymli ekran uçun kattalaştirilgan korpusga qaramay, noutbuk «besönaqaydek» yoki juda kattadek tuyulmaydi va ryukzakda olib yuriş uçun qulay hisoblanadi.

Öta silliq va noyob displey

ASUS katta displeyli noutbuklar segmentiga yangi hayot tuhfa qildi: Strix SCAR 18 modeli QHD tiniqlikka va NVIDIA G-Sync texnologiyasiga ega va uning yangilaniş çastotasi — 240 Gs gaça. Bunday yangilaniş çastotasi ekrandagi harakatlaniş silliqligi haqida ortiqça gapirişning ham hojati yöq: u har doim yuqori sifatda.