2 aprel kuni Toşkentda kuçli yoğingarçilik kuzatildi. Noqulay ob-havo şaroiti sabab joylarda avtomobillar harakati qiyinlaşdi, tunnellar va metro bekatlarini suv bosdi. Aviareyslar parvozi Toşkentdan Samarqandga köçirildi. Qolaversa, ayrim tuman hududlarida elektr toki va tabiiy gaz ta’minoti bilan ham muammolar kuzatildi.

Şuningdek, kuçli yomğir tufayli poytaxtning Yakkasaroy tumanida tört qavatli uyning ikkita balkoni suvga tölgani uçun qulab tuşgani ma’lum qilindi.

Toşkent şahar hokimligi bu holatni poytaxt köçalariga yotqizilgan lotoklar katta miqdordagi suv oqimini qabul qilişga möljallanmagani bilan izohladi.

Qiziği, har yoğingarçilik vaqtida u xoh yengil yoki kuçli bölsin, Toşkent köçalarining kölmakka aylanişiga guvoh bölyapmiz. Muammoning takroriy yuzaga kelişi yomğirning köp yoğişi yoki lotoklarning özigagina emas, balki tizim bilan boğliq ekani körinib qolmoqda. Oldinda bizni haftalik yoğingarçilik kutib turibdi, xöş, Toşkentni yana suv bosadimi? Uning oldini qanday oliş kerak? Muammo nimada? Kun.uz ayni şu mavzuda mutaxassislarni suhbatga tortdi.

“Inqiroz bölmagunça harakat bölmaydi”

Şaharsozlik böyiça xalqaro mutaxassis Temur Ahmedovga köra, holatga butun tizimdagi muammolarni bartaraf etiş uçun kirişilmas ekan, bu kabi vaziyatlarning sodir bölişi yana ança vaqt davom etadi.

“Toşkentni suv bosişi davom etaveradi, buning uçun köp yomğir kerak emas. Lotoklarning kiçigi, kattasi, hovuzlar, köllar – bularning hammasi bir vaqtlar butun bir tizim bölgan. Mana şu tizim buzildi, endi uni qaytadan öylab, qayerdan suv qayerga borişini, qayerda yiğilişini işlab çiqiş kerak. Lekin heç kim bunga tizim sifatida qarayotgani, şahar hokimiyati ançadan beri bu bilan şuğullanayotgani yöq. Şuning uçun ozgina yomğir bölsa ham muammo yuzaga kelmoqda.