Britaniyalik boksçilar erkaklar örtasidagi jahon çempionatida iştirok etmaydi, deb xabar berdi Britaniya boks federatsiyasi (GB Boxing). Bunga 5 oktabr kuni Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan rossiyalik va belaruslik boksçilarni musobaqada milliy ramzlar – bayroq va madhiya ostida qatnaşişiga ruxsat berilgani sabab bölgan. Çempionat 2023 yilning 30 aprelidan 14 mayiga qadar Toşkent şahrida bölib ötadi. 

«GB Boxing Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qoralaydi va Ukraina xalqi, boksçilari, murabbiylari va rasmiylari bilan birdam», deyiladi bayonotda. 

Avvalroq boks böyiça AQŞ, Kanada, Çexiya, Şvetsiya va Yangi Zelandiya milliy jamoalari ham aynan şu sababli Toşkent turnirini boykot qilgan edi. Şundan söng, IBA uşbu federatsiyalar rahbarlariga qarşi intizomiy iş oçdi.

Keyinçalik, Özbekiston boks federatsiyasi «Özbekiston xalqaro sport normalariga rioya qiluvçi davlat bölib, sport siyosatdan xoli tamoyilini qöllab-quvvatlaydi» deb bayonot bergan edi.