Respublika aholi reproduktiv salomatligi markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Şahnoza Zufarova salomatlik uçun öta muhim mikroelement bölgan magniy haqidagi ma’lumotlarni keltirdi.
Şifokor sözlariga köra, magniy organizmda energiya, oqsil, uglevod va yoğ almaşinuvini ta’minlovçi fermentlar faoliyatini muvofiqlaştirib turadi. Qolaversa, yurak ritmining buziliş xavfini kamaytirişi, tomirlarda qon ivişining oldini olişi bilan ahamiyatli.
«Bu modda tanqisligi kuçli stress, ruhiy tuşkunlik, boş aylanişi va oğriği, sababsiz vahima, surunkali çarçoq, uyqu buzilişi, xotira susayişi, me’da-içak spazmi, yurak urişining tezlaşişi, qon bosimi oşişi yoki tuşişi, muşaklar tortişişi singari belgilar bilan namoyon böladi», dedi Zufarova.
Uning ta’kidlaşiça, organizmning magniyga bölgan kunlik ehtiyoji 300-350 milligrammga teng. Homiladorlik va boşqa holatlarda bu körsatkiç yanada ortadi. Uşbu miqdor oziq-ovqat iste’moli orqali olinadi.
«Yonğoq, guruç, baliq, jigar, pişloq, greçixa yormasi, kunjut, qovoq, makkajöxori, boşoqli va dukkaklilar, meva-sabzavotlar mikroelementning asosiy manbaidir», dedi şifokor.
Şifokor sözlariga köra, sönggi paytlarda «fast-fud», gazli içimliklar, şakar va tuzga boy hamda yarim tayyor mahsulotlar ovqatlaniş ratsionidan keng örin egallayotgani tufayli organizm yetarli miqdorda magniydan bahramand bölmayapti. Şuningdek, spirtli içimliklariga ruju qöyiş, çekiş kabi zararli illatlar ham magniy tanqisligini keltirib çiqarmoqda.
«Magniy yetişmasligi biriktiruvçi hujayralarning kuçsizlanişi singari oğir kasalliklarga olib kelişi mumkin. Bunday holatda şifokor tomonidan maxsus dori preparatlari tavsiya qilinadi. Ammo ba’zi insonlar magniy tanqisligi kuzatilsa, öz bilganiça dori vositalarini içişadi. Töğri, tarkibida magniy saqlovçi preparatlarning organizmga nojöya ta’siri aniqlanmagan. Biroq şifokor körigidan ötmay turib, dori-darmonlarda iste’mol qiliş salbiy asoratlarga olib kelişi mumkin», dedi Zufarova.












