5 aprel kuni maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda bir qança hamkor taşkilotlar bilan kelgusi 3 yil davomida boğça va maktab ta’limida amalga oşiriladigan işlar tasdiqlanib, yöl xaritasi imzolandi.
Vazirlikning Strategik rivojlantiriş va xalqaro reytinglar boşqarmasi boşliği Laziz Xöjaqulovning aytişiça, yöl xaritasi 3 oy davomida işlab çiqilgan bölib, bu jarayonda 42 ta taşkilotdan vakillar qatnaşgan. Şuning 18 tasi – xalqaro taşkilotlar.

"Yöl xaritada belgilangan işlar 5 ta yönalişga bölib olingan. Birinçi yönalişimiz – maktablarni qayta quriş, ta’mirlaş va uning infratuzilmasini yaxşilaşdir.
Ikkinçisi – öqiş va öqitiş materiallari, bunda faqat darsliklar emas, öqituvçi uçun metodik qöllanmalar işlab çiqilişi ham tuşuniladi.
Uçinçisi – öqituvçilarning malakasini oşiriş va pedagog kadrlar tayyorlaş.
Törtinçisi – baholaş tizimi. Öquvçilarning bilimini qanday baholaymiz? Şular böyiça işlar qilinadi.
Beşinçi yönalişimiz esa ta’lim boşqaruvi. Oddiy maktab “zavuçi”, direktoridan tortib, vazirlik xodimlarigaça ta’lim qanday boşqarilayotgani körib çiqilişi lozim. Yaxşi öqituvçini olib direktor qilib qöyişadi, yaxşi öqituvçi – yaxşi boşqaruvçi degani emas. Kelgusi yillarda şu kabi masalalar körib çiqiladi”, – dedi u.
Mas’ullarga köra, hukumat xalqaro taşkilotlarning keyingi 3 yilda Özbekistonda maktab ta’limini rivojlantirişga 580 mln dollar investitsiya yönaltirişini kutmoqda.

Tadbirda AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Özbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit söz oldi.
“Bugun tarixiy voqeaning guvohi bölib turibmiz. AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi bu borada Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligini qöllab-quvvatlaşdan faxrlanadi. Bunga sarmoya kiritiş AQŞ hukumatining ustuvor vazifasi hisoblanib, biz butun Özbekiston hukumati va hamkorlar bilan sifatli va teng huquqli ta’limni ta’minlaş, qaşşoqlikni kamaytiriş, salomatlik, tinçlik, farovonlik, barqarorlikni yaxşilaş muhim ekanini tuşunamiz.













