Italiya sobiq boş vaziri, 86 yoşli Silvio Berluskoni leykemiya (oqqon) bilan kasallangan. Bu haqda 6 aprel, payşanba kuni manbaga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi. Ma’lumotni Corriere della Sera gazetasi tasdiqladi.

Uning ma’lumotiga köra, u Milan provinsiyasidagi San Raffaele kasalxonasida va reanimatsiya bölimiga yotqizilgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, u pnevmoniyaning qaytalanişi bilan boğliq nafas olişda muammolarga duç kelgan, deya xabar berdi Corriere della Sera.

Reuters, öz navbatida, siyosatçi kardiologiya bölimida ekanligini yozdi.

Berluskoni vakillari hozirça taşxis böyiça rasmiy tasdiq javobini taqdim etmagan.

Italiyaning ANSA axborot agentligi xabar berişiça, Berluskoni kimyoterapiyani boşlagan, davolaşning birinçi kursi 5 aprel kuni şifoxonada ötkazilgan. Vazirlar mahkamasi sobiq rahbarining ahvoli barqarorligiça qolmoqda, deya qöşimça qildi agentlik.

Silvio Berluskonining farzandlari – qizi Mariya va öğli Luiji şifoxonaga 6 aprel kuni yetib kelgan, biroq kiraverişda kutib turgan jurnalistlar va suratga oliş guruhlari bilan gaplaşmagan.

Silvio Berluskonining Forza Italia ("Olğa, Italiya") partiyasi Italiya boş vaziri Jorja Meloni öng qanot koalitsiyasiga kiradi, biroq uning özi hukumat tarkibida emas.

Italiya boş vaziri örinbosari va taşqi işlar vaziri Antonio Tayani RAI davlat televideniyesiga şifokorlar bilan gaplaşganini aytdi: «Bugun ertalab men professor Alberto Dzangrillo (boş vazirning şaxsiy şifokori) bilan gaplaşdim va u menga Berluskoni tunni tinç ötkazganini, ahvoli barqaror ekanini bildirdi».

Berluskonining Forza Italia'dagi uzoq yillik safdoşi Tayani Berluskoni soğliğida bir qator muammolar borligini eslatdi.