Özbekistonda boks böyiça erkaklar örtasidagi jahon çempionatida iştirok etiş uçun 104 davlat vakillari röyxatdan ötdi. Bu haqda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) xabar berdi.
13 ta vazn toifasida jami 640 nafar sportçi iştirok etiş uçun ariza topşirgan bölsa, röyxatga oliş 14 aprelga qadar uzaytirildi.
Turnirning sovrin jamğarmasi ikki barobarga köpayadi - 5,2 million AQŞ dollari. Ğoliblarning har biri 200 ming dollar, kumuş medal sohiblari 100 ming va bronza medali sohiblari 50 ming dollar oladi.
Jahon çempionatining tantanali oçiliş marosimi 30 aprel kuni bölib ötadi, final bahslari 14 mayga belgilangan.
Musobaqada rossiyalik va belaruslik boksçilar öz bayroği va madhiyasi bilan iştirok etadi. Şu tufayli, bir qator mamlakatlar federatsiyalari jahon çempionatida iştirok etişdan boş tortgan.












