Minsk sudi Belarus Respublikasi prezidentligiga sobiq da’vogar Valeriy Tsepkaloni sirtdan 17 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Unga jazoni qattiq tartibli koloniyada ötaş belgilandi. 

U yirik miqdorda pora oliş, mansab vakolatini suiiste’mol qiliş, hokimiyatni egallab olişga ommaviy çaqiriqlar, ekstremistik guruh tuziş, qasddan yolğon körsatma beriş, ekstremistik faoliyatni moliyalaştiriş, Belarus Respublikasini obrösizlantiriş, Lukaşenkoga tuhmat va ommaviy haqorat qilişda aybdor deb topildi. 

Tsepkalo 2020 yilgi prezidentlik saylovida nomzodini qöymoqçi edi. Biroq, Markaziy saylov komissiyasi imzo töplaş jarayonida yöl qöyilgan kamçiliklarni sabab qilib, uni röyxatdan ötkazmagan. Şundan söng, unga qarşi jinoyat iş oçildi. Tsepkalo saylovlar arafasida mamlakatni tark etdi. Uning sözlariga köra, u huquq-tartibot idoralaridagi döstlaridan bölajak hibs va xotinining ota-onalik huquqidan mahrum etilişi mumkinligi haqida ogohlantiriş olgan.