Sörov joriy yilning fevral oyida ötkazilib, unda 1 620 kişi iştirok etdi. Sörovnoma 4 ta asosiy va 5 ta anketa savollaridan tarkib topgan.

Respondentlarning 83 foizi uy-joy sotib olişga ehtiyoji borligini ta’kidlagan. Şuningdek, turar joyga ehtiyoji bölgan aholining 96 foizi bu borada kömakka muhtoj bölib, ularning 71 foizi şahar va 29 foizi qişloq hududlarida yaşaydi.

Sörov Toşkent şahri aholisi orasida jiddiy qiziqiş uyğotib, iştirokçilarning 41 foizi poytaxtda istiqomat qilişini bildirgan. Mazkur iştirokçilarning 48 foizi ijarada turişini ta’kidlab, ularning 68 foizini davlat taşkiloti xodimlari taşkil etadi.

Uy-joy xarid qilmoqçi bölgan fuqarolarning 74,5 foizi dastlabki badal va kredit foizlarini tölaşda qiyinçilikka duç kelişini ta’kidlagan.

Rasmiy daromadga ega bölmagan aholining 25 foizi kreditning oylik tölovini tölaşga qiynalişini ta’kidlagan bölsa, qolgan iştirokçilar böyiça bu körsatkiç 22 foizni taşkil etadi. Rasmiy daromad olmaydigan fuqarolar kelajakdagi daromad manbalari noaniqligi tufayli oylik tölovlarda qiyinçilikka uçraşdan xavotirlanadi.

Qişloq hududlarida asosan hovli-joylarga ehtiyoj yuqori böladi. Sörovda qatnaşgan qişloq joylarida yaşovçilarning 61,4 foizi yaşaş joyida oila a’zolari soni köpligi hamda yaşaş maydonining kiçikligi sababli uy-joyga ehtiyoji borligini bildirgan.