Eronning Armanistondagi elçixonasi X ijtimoiy tarmoğida Samarqandni fors sivilizatsiyasining bir qismi deb atagan postini öçirib taşladi. Avvalroq Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Eron diplomatik vakolatxonalarining şaharning tarixiy-madaniy merosi haqidagi bayonotlari yuzasidan uşbu mamlakat tomoniga norozilik bildirgan edi.

Bahsga Özbekistonga taşrifi doirasida 19-oktabr kuni Samarqandda bölgan AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning posti sabab böldi. U şaharning jahon savdosidagi tarixiy örnini qayd etib, ötmiş kelajak uçun imkoniyatlar yaratişga yordam berişi mumkinligini taʼkidlagan edi.

Bunga javoban Eronning Armanistondagi elçixonasi Samarqand fors sivilizatsiyasi va meʼmorçiligining bir qismi ekanini maʼlum qildi. Diplomatlar, şuningdek, Rubioga 7-oktabr kuni Afinada sözlagan va qadimgi yunonlar hamda forslar örtasidagi qarama-qarşilik haqida gapirgan nutqini ham eslatib ötişdi.

Bu bayonotlarga Toşkent munosabat bildirdi. 23-oktabr kuni Eronning favqulodda va muxtor elçisi Muhammad Ali Iskandariy Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga çaqirtirildi. Özbekiston tomoni Samarqandning tarixiy-madaniy merosini buzib körsatadigan hamda siyosiy tusdagi provokatsion bayonotlarni öz içiga olgan postlarga qatʼiy norozilik bildirdi. Elçiga norozilik notasi topşirildi.

Diplomatik demarşdan söng Eronning Armanistondagi elçixonasining posti ijtimoiy tarmoqdan ğoyib böldi. 25-oktabrga kelib postga olib boruvçi havola işlamay qoldi.