Toşkent şahriga Xitoydan elektr va tabiiy gazda harakatlanadigan jami 268 ta avtobus keltirildi. Poytaxtda vujudga kelayotgan tirbandliklarga yeçim bölişi kutilayotgan avtobuslar taqdimoti 8 aprel kuni ötkazildi. Unda Toşkent şahri hokimi vazifasini bajaruvçi Şavkat Umrzoqov ham qatnaşib, Kun.uz muxbirining avtoturargohlar va drenaj tizimi muammolari haqidagi savollariga javob qaytardi.

Hokimga köra, Toşkentdagi avtoturargohlar tizimi tartibga solinmagan, buning uçun avvalo yöllarni töğrilaş lozim.

“Bu faqat hokimiyatning emas, balki özimizning, insonlarning ham yölda yuriş madaniyati hisoblanadi. Birinçidan, yölda harakatlanuvçi har bitta “avtomobilçi”ning transport qöyişini inobatga olgan holda avtoturargohlar taşkil qiliş, kerak bölsa, ularni pulli qilib, undan orttirilgan mablağ mazkur tizimni rivojlantirişga sarflanadi.

Avtoturargohlarning hammasi bozorga yaqin hududlarda joylaşadi. Bir narsani tuşuninglar, işlab çiqarişdami – umuman hamma narsada “bottleneck” degan narsa bor. Oldin 10 talik quvurlarda suv yurgan bölsa, hozir rivojlaniş şunçalik tez bölganidan 20-30 talik quvurlarda suv yurgandek tirbandlik paydo böladi. Demak, biz nima qilamiz? Suvning harakatlanişini har qayerga oqizib-oqizib yuborişimiz kerak. Bu – tez böladigan narsa emas. Tez bölgan narsaning umri qisqa böladi.

Bir yilda Toşkentdagi aholi soni deyarli 100 mingga oşyapti. Içki migratsiya bor. Hajm ösişidan kelib çiqib, kelgusidagi hisob-kitoblarni ham olyapmiz. Bu yildan joriy qilişni boşlaymiz, muammo birdaniga yeçilmaydi. Koridor deyilganda, birinçi bitta köçadagi muammo, keyin ikkinçi va uçinçilarning – şu tarzda bosqiçma-bosqiç boşqa masalalarni yeçamiz”, – deydi u.

Şavkat Umrzoqov Kun.uz muxbirining şahar drenaj tizimida yuzaga kelayotgan muammolar borasidagi savoliga quyidagiça javob berdi.

“Drenaj tizimini örgandim. Özimizdan ham ayb qidiraylik, 20-30 foiz drenajlarni fuqarolarning özi uy quriş jarayonida yopib yuborgan. Biz bu narsalarni örganib, aniqlab böldik. Hozir mazkur tizimni endi qanday tiklaymiz, qonunbuzilişiga yöl qöygan insonlarga qanday çora köriladi? Bu – davlat mulki. Nimaga suv toşdi? Birinçidan, asfalt bölib yotibdi, suv şimilmadi. Odamlar uy quryapti, qurmasa ham tösqinlik bölayotganini yozadi. Şaroit qilib berilişini talab qilişadi. Lekin aholimiz quriliş madaniyatiga rioya qilgan holda qurişi kerak-ku, yerning ostidan ötgan narsalarni yopib taşlaşi kerakmas-ku. Bu borada tadbirkorlarning ham, aholining ham sonini aniqlab, ma’lum qilamiz”, –