O‘zbekiston | 14:30 / 10.04.2023
11422
4 daqiqa o‘qiladi

Import bojlari olib tashlangach, “Havas” do‘konlar tarmog‘ida narxlar arzonladi

2024 yil 1 yanvarga qadar 36 turdagi tovarlar guruhiga nisbatan bojxona bojlari bekor qilindi. Bu “Havas” do‘konlar tarmog‘ida ham narxlarning arzonlashiga sabab bo‘ldi.

Bugungi kunda “Havas” tarmog‘i Toshkent shahri va viloyatidagi 227 ta do‘kon bilan ifodalanadi.

“Havas” do‘konlar tarmog‘i O‘zbekiston bozorida nisbatan yaqinda paydo bo‘lganiga qaramay, qisqa vaqt ichida mamlakatdagi eng yirik chakana savdo tarmoqlaridan biriga aylanishga ulgurdi. “Havas” o‘zining ishlash tamoyillariga qat’iy rioya qilishi sabab mijozlarning ishonchini qozonishga muvaffaq bo‘ldi. “Havas” do‘konlar tarmog‘iga kuniga 150 mingdan ziyod xaridor tashrif buyuradi. 

23 mart kuni prezidentning “Iste’mol bozorlarida narx barqarorligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi. Farmonga binoan, 36 guruhga kiradigan 1000dan ortiq tovarga import bojining nol stavkasi qo‘llandi. Ushbu farmon “Havas” do‘konlar tarmog‘ida narxlar arzonlashiga zamin yaratdi.

Arzonroq narxlarda zaruriy mahsulotlar to‘plami

Hozirgi vaqtda chakana savdoda «less is more» tushunchasi mashhurlik kasb etmoqda. Ushbu konsepsiyaning mohiyati shundan iboratki, savdo nuqtalari assortiment va narxlar sifatini yanada yaxshiroq nazorat qila olishi uchun do‘konlar peshtaxtalarida eng zaruriy va aktual mahsulotlar to‘plami taqdim etiladi.

“Havas” ham, shu jumladan, kerakli miqdordagi kundalik zaruriy mahsulotlarni eng yaxshi narxlarda taqdim etishga va shu bilan mijozlarining vaqtini tejashga intiladi.

Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan logistika

“Havas” har bir do‘konga mahsulot yetkazib berishga alohida e’tibor qaratadi. Har kuni o‘nlab yuk mashinalari “Havas” tarqatish markazidan Toshkent shahri va viloyatining turli nuqtalariga jo‘nab, har bir “Havas” do‘koni javonlariga barcha turdagi zaruriy mahsulotlarni yetkazib beradi. “Havas”ning 227 do‘konidan istalgan biriga kirgan tashrif buyuruvchilar barcha mahsulotlarning sifati va yangiligiga ishonch hosil qilishlari mumkin.

Ishonchli ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik

“Havas”ning ishlash tamoyillaridan yana bir eng muhimi ishonchli va sinalgan ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilishdir. Ta’minotchilarni izlash va ularni sinchkovlik bilan tanlash “Havas”ga yuqori sifatli mahsulotlarni arzonroq narxlarda muntazam taqdim etish imkonini beradi.

Har bir mahallada do‘kon

Bugungi kunda “Havas” tarmog‘i Toshkent shahri va viloyatida 227 do‘konga ega. Biroq bu hali chegara emas. “Havas” yaqin kelajakda Toshkent shahrining har bir mahallasida do‘konga ega bo‘lish va O‘zbekiston viloyatlarida o‘z faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda.

“Havas”ning Toshkent shahri va viloyatidagi 227 do‘konni bir umumiy vazifa — o‘z tashrif buyuruvchilariga eng yaxshi narxlarda sifatli mahsulotlar to‘plamini taqdim etish birlashtiradi.

“Havas” — xalq xizmatida.

Axborot markazi: (+998) 71-205-95-95.

Sayt: www.havasfood.uz

Facebook: fb.com/havasuz

Instagram: @havasuz

Telegram kanal: t.me/havasuz

Mavzuga oid